«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Download 1.4 Mb.
bet60/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, o‘zining pedagogik faoliyatida quyidagilarga o‘z e’tiborini qaratishi lozim:
- falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlash;
- bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganish;
- bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish;
- ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, ommalashtirish;
- u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
- bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanish;
- ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, bu borada takliflarni kiritish;
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan iborat.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi - falsafa, etika, ijtimoiy va pedagogikalarning uyg‘unlashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi; inson qiyofasini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va tamoyillari ishlab asoslaniladi va boshqalar.
Tarbiyaning ijtimoiylashuvi - ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy tarbiya satsiologiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyat tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi mumkin.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling