«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Download 1.4 Mb.
bet59/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi.
Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l – yo‘riq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, o‘ziga ishonch xissini shakllantirish;
Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik bilan emas, o‘zaro tushunish orqali hal qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda.. Shunga ko‘ra bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini ko‘rsatish mumkin.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling