Tasdiqlayman’’


-ilova Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni


Download 124.82 Kb.
bet6/29
Sana28.03.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1303549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tarix yangi mavzular konspekt

1-ilova Amaliy topshiriqlarni baholash mezoni

Topshiriqni to’liq bajara olsa, mavzu bilan bog’liq hayotiy misollar keltira olsa

“5”

Topshiriqqa javob bera olsa

“4”

Berilgan topshiriqni qisman bajara olsa

“3”

Berilgan topshiriqni amaliy bajara olmasa

“2”



2.MAVZU: PODSHO ROSSIYASINING O‘RTA OSIYOGA EKSPANSIYASI VA TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING TASHKIL TOPISHI
Reja:

  1. Qo‘qon xonligi shimoliy hududlarining bosib olinishi.

  2. Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tuzilishi.

Rossiya imperatori Aleksandr II 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi. Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi. Imperiya qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlangan. 3 mingdan ortiq kishidan iborat rus harbiy qo‘shiniga 400 kishidan iborat qal’a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan. Qurshovda qolgan qal’a himoyachilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi oqibatida Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan qal’a egallangan. Bu qal’aga Perovskiy forti deb nom berildi. 1864-yilda Rossiya imperiyasining uch mingdan ko‘proq qo‘shini ikki yo‘nalishda: biriPerovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahri tomondan Toshkentni bosib olish uchun yo‘lga chiqdi. Ular avval Talas daryosining chap sohilidagi Avliyoota (hozirgi Taroz shahri)ni bosib oldi. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga Qo‘qon xonining amirlashkari Aliquli (Alimqul) rahbarlik qildi. Kuchlar teng emas edi. O‘sha davrning zamonaviy qurollari bilan qurollangan imperiya qo‘shinlari Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini ishg‘ol qildi va 20 kilometrlik qal’a devori bilan o‘ralgan Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu harbiy harakatlarga M. Chernyayev qo‘mondon etib tayinlandi. 1864-yil kuzida Chimkent shahri egallanib, Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qo‘lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi. Natijada Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istehkom chizig‘i, Semipalatinskdan Verniy shahrigacha Sibir istehkom chizig‘i vujudga keldi.
Toshkent O‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri hisoblangan. Har tomondan shaharga kirish uchun qurilgan 12 ta darvozalari soqchilar tomonidan qo‘riqlangan. Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig‘ining suvi bilan to‘ldiriladigan xandaqlar bo‘lgan. 1864-yil 1-oktyabrida M. Chernyayev o‘zini imperiyaga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni bosib olmoqchi bo‘ldi. Lekin shahar himoyachilari Chernyayevni Chimkentga chekinishga majbur qildi. 1865-yil iyunda Toshkent shahri egallandi.
M. Chernyayev Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo‘ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. Oqsoqollar shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to‘g‘risidagi sulhni imzolashga majbur qilindi. Bunga qarshi bo‘lgan Solihbek dodxoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘jalar Sibirga surgun qilindi. Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. Viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad imperiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishi hisoblangan.
1865-yilga Turkiston viloyati tashkil qilindi. 1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi va Turkiston harbiy okrugi tuzildi. Toshkent shahri general-gubernatorlikning markazi qilib belgilandi. Turkiston general-gubernatorligiga Rossiya imperatori farmoniga ko‘ra general fon Kaufman tayinlandi. U bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham edi. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikkita viloyat: Sirdaryo (makazi – Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy) viloyatlariga bo‘lingan. Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo‘lgan yerlar va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir qismidan iborat holda tashkil qilindi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Turkiston viloyati nima uchun harbiy asosda tashkil qilingan?
2. Turkiston viloyati nima sababdan Turkiston general-gubernatorligiga aylantirildi?
3. Toshkent shahrini mudofaa qilish uchun siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? Nima uchun?
4. «Toshkent mudofaasi» mavzusida badiiy hikoya tuzib ko‘ring. Tarixiy shaxslar bilan bir qatorda to‘qima obrazlardan ham foydalaning.
5. Chernyayev xalqaro doirada o‘z xatti-harakatlarini oqlashidan maqsadi nima edi? U o‘zining bu maqsadiga qay darajada erishdi?


Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling