Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi “texnik ijotkorlik asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi andijon-2021-yil


Ilmiy-texnikaviy axborotni izlash


Download 0.55 Mb.
bet14/27
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1518942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Maruza tayyor

Ilmiy-texnikaviy axborotni izlash.
Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy texnikaviy axborotni izlashdan boshlanadi.Adabiyotni to‘plash va tahlil etish uchun ilmiy texnikaviy axborot manbalari bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
kitoblar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, broshyuralar);
davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ilmiy ishlari, ilmiy to‘plamlar);
me`yoriy hujjatlar (standartlar, andozalar, texnikaviy shartlar, yo‘riqnomalar, me`yoriy jadvallar, muvaqqat ko‘rsatmalar va b.);
katalog va preyskurantlar;
patent hujjatlari;
ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar;
axborot nashrlari (ITI to‘plamlari, analitik sharhlar, axborotli varaqalar, ekspress axborotlar, ko‘rgazmalarning prospektlari va b.);
xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlarning tarjimasi va asl nusxalari;
dissertatsiyalar, avtoreferatlar;
ilmiy-texnikaviy anjumanlar va ishlab chiqarish yig‘ilishlarining ilmiy-texnikaviy materiallari;
ikkilamchi hujjatlar (referativ sharhlar, bibliografik kataloglar, referativ jurnallar va b.).
Sanab o‘tilgan hujjatlar ulkan axborot oqimini hosil qiladi, uning sur`ati yildan yilga oshib boradi. Bunda yuqorilama va quyilama axborot oqimi bir-biridan farqlanadi.
Axborotning yuqorilama oqimi ijrochilardan (ITI, oliy o‘quv yurtlari, TKB va boshq.) qayd etuvchi idoralarga tomon yo‘naladi, quyilama oqim esa bibliografik sharhlar, referativ va boshqa ma`lumotlar ko‘rinishida ijrochilarga ularning talabiga ko‘ra yo‘naladi.
Axborot manbalarida yangi ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni keskin sur`atda o‘sib borishi munosabati bilan axborotning “eskirishi” kuzatiladi. Chet el tadqiqotchilarining ma`lumotlariga ko‘ra axborot qiymatini pastga tushib ketish jadalligi ya`ni “eskirishi” ro‘znomalar uchun kuniga 10%, jurnallar uchun oyiga 10% va kitoblar uchun yiliga 10%ni tashkil qilar ekan. Shu sababdan axborotlarning juda katta oqimida aniq mavzuning yangi, ilg‘or yechimlarini topish murakkab masala hisoblanadi.
Zarur axborotlarni izlash ijodiy jarayon bo‘lib, shundan uni avtomatlashtirish va shakllantirishning murakkabligi kelib chiqadi.
Axborotni izlash deganda tanlangan mavzu ustida tadqiqot olib borish maqsadida zarur xujjatlarni qidirish bo‘yicha xarakatlarning yig‘indisi tushiniladi. Bu jarayon qo‘lda, mexanik ravishda, mexanizatsiyalashtirilgan tarzda va avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Axborotni qo‘lda qidirish oddiy bibliografik kartochkalar, kartotekalar va bosma ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Mexanik ravishda axborot tashuvchilar bo‘lib perfokartalar xizmat qiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan tarzda axborotni qidirishda xisob-perforatsiya mashinalari, avtomatlashtirilgan tarzda qidirishda esa EHM yordamga chiqadi.
Xozirgi zamon universal axborot manbai bo‘lib Internetning Global axborot tarmog‘i, ya`ni Internet xisoblanadi. Ushbu tarmoq tadqiqotchiga turli axborot resurslari uchun yo‘l ochib beradi va quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
Avtomatlashtirilgan tartibda kerak bo‘lgan axborot ob`ektini qanday topish mumkin?
Uni qanday qilib o‘z kompyuteriga ko‘chirib o‘tkazish mumkin?
Uni qanday dasturli vositalar yordamida qabul qilinadigan qilish mumkin?
Bu xolda Internetdan foydalanuvchi tarmoqlararo shlyuzlarning mavjudligi tufayli boshqa tarmoqlarning axborot reserslariga kirish imkoniyatiga erishadi.
Internetning axborot resursi deb doimiy yangilanish xolatida mavjud bo‘lgan axborot texnologiyalari va ma`lumot bazalarining yig‘indisiga aytiladi.
Ushbu yig‘indiga quyidagilar kiradi:
FTR fayl arxivlarining tizimi
WWW ma`lumot bazalari
Gopher ma`lumot bazalari
WAIS m`lumot bazalari va boshqalar.
FTR fayl arxivlarining tizimi keyingi 10-15 yil davomida yig‘ilgan ma`lumotlarning kengaytirilgan omborini tashkil qiladi. Uning xizmatidan xar bir tadqiqotchi unga kerak bo‘lgan ma`lumotlardan nusxa olish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.
World Wide Web (WWW) gipermatnli axborot tarmog‘i (Butun dunyo o‘rgamchi ini) ko‘pgina Internet axborot arxivlariga qulay yo‘l topib beradi.
Ushbu texnologiyaning ko‘pgina interfeyslari zarur materiallarni manipulyatorning tugmasini kerak so‘z yoki grafik tasvir soxasida bosib tanlash imkoniyatini yaratadi. WWWning boshqa qidiruv vositalaridan ijobiy farqi uning ko‘p funksionalligi hisoblanadi, bunda bir betning o‘zida bir vaqtning o‘zida matn va tasvirni ko‘rish, ovozni eshitish, animatsiyani kuzatish mumkin.
Gopher taqsimlangan axborot tizimi interfeysining asosida ierarxik katologlar g‘oyasi yotadi. U sodda va yetarli darajada ishonchli va ximoyalangan tizim hisoblanadi.
WAIS taqsimlangan axborotni izlash tizimining asosiga kalitli so‘zlardan foydalanib, mantiqiy savollarni berish orqali axborotni qidirish usuli kiritilgan. Bunda tadqiqotchi WAIS ning barcha serverlarini zarur xujjatlar bo‘yicha qarab chiqishi mumkin.
Axborotni samarali tarzda o‘zlashtirish ya`ni o‘rganish, eslab qolish va taxlil etish uchun bir qator shartlar bajarilishi zarur:
Maqsadni aniqlab olish. Ushbu psixologik omil fikrlashni faollashtiradi, o‘qilayotgan materialni aniq tushunishga va qabul qilishga yordam beradi.
Ilxomlanish, ruxlanish. Bu xolat ijodiy yondoshishning asosini tashkil qiladi, axborotni o‘zlashtirish samarasini oshiradi.
Diqqat e`tiborni bir joyga qaratish. Ushbu xolat ayniqsa yangi, qiyin va murakkab matnni o‘qish jarayonida asosiy shart hisoblanadi. Materialni to‘liq o‘zlashtirishi uchun uni qayta-qayta o‘qishga to‘g‘ri keladi.
To‘g‘ri ish rejimini yaratish. 1-2 soatli aqliy ishdan so‘ng 5-7 minutli tanaffus uyushtirish tavsiya etiladi, bunda jismoniy mashqlar, chuqur nafas olish markaziy asab sistemasini rag‘batlantirib, ishlash qobiliyatini oshiradi.
Ilmiy-texnik axborotni o‘zlashtirishda ma`lumotlar ko‘chirmalar, annotatsiyalar va matnlar shaklida yig‘iladi.
Ishchi faraz - kuzatilgan faktorning, jarayonining yoki xodisasining extimoliy, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslanib aytilgan taxmin.
Ilmiy farazga shu narsalar xarakterliki, unda ma`lum bilimlar chegarasidan chikib ketadigan, yangi mazmunli xolatlar ifodalanadi, extimollik xarakterli yangi goyalar olga suriladi, ularning asosda ilmiy natijalar izlanishi paydo bo`ladi. Ilm- fanni rivojlantirish sifatida ilmiy farazning mazmuni va baxoliligi ana shundaydir.
Dastlab ilmiy fikr ichki xis va sezgi bilan olg`a suriladigan shaklda paydo bo`ladi. Taxmin qilishda ilmiy fantaziya katta axamiyat kashf etadi, fantaziyasiz, fikrlashsiz ilm-texnikada bironta xam yangi g`oya aytib bo`lmaydi.
Taxminni ilmniki qilish uchun uni ilmiy farazga aylantirish zarur, fantaziyani ilm o`rnatgan qat`iy ramkaga solish kerak. Demak aniq bir xodisa haqidagi xar qanday ixtiyoriy taxmin ilmiy faraz bo`la olmaydi. Faqatgina shunday taxminlar faraz bo`la olishi mumkin, birinchidan shu soxa aniqlangan ilmiy xulosa taxminlarining barchasiga teskari bo`lmasligi kerak va ikkinchidan aytilgan taxmin va muloxazalarning extimolligi asoslangan bo`lish kerak. Agar ilgari surilgan taxmin ilm bilan qattik o`rnatilgan xolatlarga teskari bo`lsa uni ilmiy faraz darajasiga ko`tarish mumkin emas.
Ishchi faraz tadqiqot qilinadigan xodisani rivojlantiruvchi, asosiy sharoitlarini, xarakatlantiruvchi kuchini aniqlaydi; bu ishchi faraz talab qiladiganlarning minimumi.
Ishchi faraz, tadqiqot qilinayotgan xodisaning rivoji extimolini tushuntirish to`liq yoki shunga yaqin extimol beradi; bu ishchi faraz berishi mumkin bo`lganining maksimumi. Ammo buni olg`a surilgan farazni nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya`ni tadqiqot jarayonida. Asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Aniq va yetarlicha to`liq ishlangan ishchi faraz keyingi ishlarni juda yengillashtiradi, chunki nazariy va amaliy tadqiqot usullariga o`lchanib o`rganilayotgan ob`ekt va xodisalarni xarakterlaydigan aniq parametrlarga qaratish imkonini beradi. Bundan tashqari to`g`ri boshqarilgan dastlabki analitik ishlangan faraz, ya`ni uning matematik ifodalanishi keyingi tajribaning asosiy xususiyatlarining detallarini to`liqroq va to`g`ri belgilaydi. Xamisha nazariy tajribadan oldin bo`lgani maqsadga muvofiq.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling