Nazorat savollar:
Iqtisodiy samaradorlik kriteriyasi qaysi formula orqali ifodalanadi?
Tajriba o`tkazilishining maqsadi nimalardan iborat?
Tajribalar tashkil qilishiga qarab qanday xolatlarda o`tkaziladi?
Tajribalar o`rganilayotgan obektning tuzilishiga qarab qanday bo`ladi?
Tajribalar o`tkazilish sharoitiga qarab qanday turlarga bo`linadi?
5- ma`ruza: INTELLEKTUAL MULK VOSITALARI.
Reja:
5.1. Sanoat mulki ob’ektlarini xuquqiy jihatdan muhofaza qilish.
5.2. Sanoat mulki ob’ektlarining patentga layoqatlilik shartlari.
5.3. Foydali modelning muhofazaga layoqatliligi shartlari.
5.4. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari.
5.5. Sanoat mulki ob’ektining muallifi.
5.6. Patent egasining huquq va majburiyatlari.
5.7. Ilmiy - texnikaviy patent axboroti. Intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash sohasidagi qonunchilik. Ixtiro va litsenziyalash.
5.8. Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun shartnoma tuzish.
5.9. Yevropa va AQSH patent idorasi va qonunchiligi.
5.1. Sanoat mulki ob’ektlarini xuquqiy jihatdan muhofaza qilish.
O’zgartirish taklifi - ma`lum bir korxonaga foyda keltirish maqsadida, shu korxonadagi mahsulot konstruktsiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilayotgan texnikani yoki materiallar tarkibini o’zgartirishga berilgan texnik qarordir.
Berilgan taklif shu korxonada ro’yxatga olingunga qadar noma`lum bo’lsa, yangi texnik qaror deb tan olinadi. Agar taklif tarmoq nozirligiga berilsa, unda bu butun tarmoqda noma`lum bo’lsagina tan olinadi.
Qoidaning 64-punktida qanday takliflarni yangi texnik qaror deb tan olinishini aniq ko’rsatilgan. Unga quyidagilar kiradi:
oldin bu korxonada ishlatilmaganligi;
o’zgartirish taklifga ariza beruvchi muallif tomonidan 3 oydan ko’p ishlatilmaganligi;
shu korxona ma`muriyati yoki texnik xodimlar tomonidan berilgan ko’rsatmasi yoki buyrug’i bilan bajarilayotgan qarorlardan tashqarilari;
yuqori tashkilotning tavsiyasi bilan yoki shu tarmoqdagi ilg’or tajribalarni e`lon kilib boruvchi nashriyotlardagi takliflar bilan mos tushmaganlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |