Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi “texnik ijotkorlik asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi andijon-2021-yil


Izlanishlarning tizimlashtirilgan usullari


Download 0.55 Mb.
bet18/27
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1518942
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Maruza tayyor

Izlanishlarning tizimlashtirilgan usullari:

  • Nazorat savollari ro‘yxati;

  • Morfologik taxlil;

  • Funksional taxlil;

  • Metchetning funksional loyihalash usuli;

  • Fokal ob’ektlar metodi;

  • Assotsiatsiyalar girlyandi va metafora usuli;

  • klassifitsiyalashning ko‘p marotaba ketma- ket usuli;

  • Optimal shakllarni sintez qilish usuli;

  • Tizimli iqtisodiy taxlil va konstruktiv echimlarning jlementlararo ishlov berish usuli;

  • "Nega besh" usuli.

Izlanishlarning yo‘naltirilgan usullari:

  • R. Kollerning funksional- fizik loyihalash usuli;

  • Ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi Teoriya resheniya izobretatelskix zadach (TRIZ).

Boshqarish usullari:

  • "Oltita sigma" usuli;

  • “Sifatni boshqarishning etti asbobi” usuli;

  • "ABC-taxlil" usuli;

  • "Tejamkor ishlab chiqarish" usuli;

  • "PDPC" usuli;

  • "Nazorat varaqasi" usuli;

  • Delfi usuli;

  • "Tarqalish diagrammasi" usuli;

  • "Qarindosh diagramma" usuli;

  • "Aloqalar diagrammasi" usuli;

  • " Pareto diagrammasi" usuli;

  • "Gistogrammalar" usuli;

  • " Isikava diagrammasi" usuli;

  • "Nazorat xaritasi" usuli;

  • "Birinchiliklar matritsasi" usuli;

  • " Kano modeli" usuli;

  • "Autsorsing" usuli;

  • "Parallel muhandislik ishlanmasi" usuli;

  • "Siyosatni tarqatish" usuli;

  • "Xatolardan himoyalash" usuli;

  • Raddiyatlarning turi va oqibatlarini taxlil qilish usuli;

  • "ABC" usuli;

  • "Benchmarking" usuli;

  • Taguti usullari;

  • "Strelkali diagramma" usuli;

  • "Strategik xarita" usuli.

Tafakkurni ijodiy faollashtirishning psixologik usullari.


Ular muammoni har tomonlama chuqur echishdagi fikrlashning inersiyasini yo‘qotishga yo‘naltirilgan. Bu usullar ilgari surilayotgan g‘oyalarning sonini va bu jarayonning unumdorligini orttirishga xizmat qiladi.
Ular ichida eng taniqlisi “Aqliy xujum” bo‘lib, u AQSHli A. Osborn tomonidan 40-yillada taklif etilgan. “Aqliy xujum” yangi g‘oyalarni topishning jamoaviy usuli hisoblanib, uning o‘ziga xosligi ishtirokchilarni g‘oya beruvchi va tanqidchilarga bo‘lib qo‘yish hamda g‘oya ishlab chiqish va g‘oyalarni tanqid qilish jarayonini vaqt bo‘yicha ajratib qo‘yishdadir. SHuningdek, “Aqliy xujum” qator qoidalarni bajarishni talab qiladi%

  1. Taklif etilayotgan g‘oyalarni tanqid qilish, tortishish va muxokama qilish taqiqlanadi.

  2. Har qanday g‘oya qabul qilinadi, jumladan fantastiklari ham. YOmon g‘oyalar yo‘q.

  3. O‘zga g‘oyalarni rivojlantirish, takomillashtirish va kombinatsiyalash rag‘bag‘lantiriladi.

  4. G‘oyalarni qisqa ifodalash, g‘oyalar estafetasini to‘xtatmaslik.

  5. Asosiy maqsad- iloji boricha ko‘proq g‘oyalar olish.

“Aqliy xujum”ni o‘tkazishng majburiy shartlariga ishtirokchilarning psixologik inersiyasini va axmoqona g‘oyalarini bayon etishga qo‘rqishini bartaraf etish uchun sharoitlar yaratish.
“Aqliy xujum” universal usul bo‘lib, uni fanda, texnikada, ma’muriyatda, savdoda va reklama faoliyatida qo‘llash mumkin.
“Aqliy xujum”ning turlaridan biri "Teskari aqliy xujum” usulidir. Bunda echimlarni topish jarayoni 3 ta bosqichga ajratilgan. Birinchi bosqichda takomillashtirilayotgan ob’ektning kamchiliklari aniqlab olinadi. Bu kamchiliklar asosida vazifalar shakllantirib olinadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlari oddiy “Aqliy xujum”ning bosqichlari hisoblanadi. SHunday qilib, ob’ektning to‘la kamchiliklarini ifodalab, uni takomillashtirish bo‘yicha ko‘proq g‘oyalarni topish mumkin bo‘ladi.
YAngi g‘oyalarni topishning yana bir jamoaviy usullaridan biri "Korabl kengashi" hisoblanadi. Bu usulda ham “Aqliy xujum” singari maqsad- ishtirokchilarning tajribasi, bilimi va fantaziyasidan maksimal foydalanishdir. Lekin uni o‘tkazishning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Mana ular:

  1. Muammo bo‘yicha barcha o‘z fikrini bildiradi.

  2. Fikr bildirish tartibi va navbatini kapitan o‘rnatadi. Masalan kichikdan kattaga qarab.

  3. Savollarni faqat kapitan beradi. Ishtirokchilar faqat kapitan komandasi bo‘yicha g‘oyalarni tanqid qilishi va himoya qilishi mumkin.

  4. Barcha ishtirokchilar kapitan tomonidan tanlangan g‘oyalarni tanqid qilishi va himoya qilishlari kerak, jumladan o‘z g‘osini ham.

  5. Kengash ishining xulosasini kapitan keltiradi.

SHunday qilib, bu usulning moxiyati avvaldan o‘rnatilgan kengash qoidalariga qat’iy rioya etishdir. Muxokama ishining yutug‘i asosan muammoni faol izlanishlar evaziga echishda boshqaruvchi yarata olgan tinch ishchi va ijodiy muxitga bog‘liqdir.
"Korabl kengashi" usuli odatda “Aqliy xujum”ni o‘tkazish bo‘yicha tajriba, dastlabki ma’lumotlar va vaqt etarli bo‘lmagan holatlarda ishlatiladi. SHunga qaramay bu usul muammolarni echish uchun etarli darajada samarali hisoblanadi.
Analogiyalarni ishlatish usullari ham ijodiy fikrlashning psixologik faollashtirish usullariga kiradi. Eng qiziqarli usullariga "Sinektika" kiradi. U muammolarni echishda turli analogiyalardan keng foydalanuvchi mutaxassislar guruhiga yo‘naltirilgan. Bu usul AQSHlik U. Gordon tomonidan 1952 yilda taklif etilgan. Bu usul AQSHlik U. Gordon tomonidan 1952 yilda yaratilgan. U inson ongining so‘zlar, tushunchalar, xislar, fikrlar, ta’surotlar o‘rtasida bog‘lanishlar o‘rnatish xususiyatlariga asoslangan, ya’ni assotsiativ bog‘lanishlar o‘rnatishga. Bu qo‘yilgan masalni echish uchun ob’ektga bir so‘z, kuzatish va sh.o‘.larga ongda avval o‘ylagan fikrlar, xislar va tajribalardagi boy ma’lumotlarni qo‘shib ishga tushirish olib keladi. Analogiyalarning turi ko‘p, ulardan quyidagilarni ko‘rsatamiz:
To‘g‘ri analogiya, bunda muammo echimlarni izlashda boshqa sohadagi o‘xshash jarayonlar yutuqlarini olib uni o‘z muammosini echishga moslash.
SHaxsiy analogiyada o‘zini muammo bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ekt o‘rniga qo‘yish va muammoni echishda o‘zining xis va sezgilaridan foydalanish.
Simvolik analogiyada masalani shakllantirishda yning moxtyatini ifodalovchi na’muna, tenglashtirish va metaforalardan foydalaniladi. Simvolik analogiyani ishlatish mavjud muammoni aniq va mantiqiy ifodalashga yordam beradi.
Fantastik analogiyada masalani echishda unga muammoning shartida bajarilishi kerak bo‘lgan fantastik vositalar yoki personajlarni kiritish. Usulning moxiyati masalni echishda yolg‘on yoki ortiqcha cheklovlarni yo‘qotish uchun fantastik vositalarni fikran ishlatish.
Ijodiy masalarni echishda analogiyalarni ishlatish uchun insonning maxsus tayyorgarligi, fantaziyasi va ob’ektni fikran ishlatish qobiliyati zarur bo‘ladi.
Ijodiy fikrlashning yangi echim topishda individual psixologik faollashtiri usullari ham mavjud.
Bunday usullarga masalan "RVS (Razmer, Vremya, Stoimost) operatori” usuli kiradi. Bu usulning moxiyati- echilayotgan masalaning fikran shartlarini o‘zgartirish hisoblanadi. Masaladagi ob’ekt o‘lchamlarini fikran noldan cheksizgacha o‘zgartirish va keyin vaqt va qiymat faktorlarini o‘zgartirish taklif etiladi. Natijada masala xaqidagi tasavvur tubdan o‘zgaradi va muammoga yangicha nazar bilan qarash bo‘yicha umuman kutilmagan g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin.
«Sinektika»ga o‘xshash D. Mendelning “Fikrlashda inersion bog‘liqlikni bartaraf etish” usuli mavjud bo‘lib uning asosiy maqsadi– fikrlash jarayonidagi stereotiplarni yo‘qotish, ma’lum bo‘lgan ob’ektlardagi yangilikni ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirishdir. «Sinektika»dan farqli ravishda bu usul individual foydalanishga mo‘ljallangan. Bunda ijodiy jarayon uzoq vaqtda, ya’ni nafaqat cheklangan vaqt oralig‘ida, balki davomli keyingi vaqtda uzluksiz davom etadi. buning uchun maxsus tavsiyalar beriladi. Bunday tavsiyalarga quyidagilar kiradi:
1) Ob’ektni kutilmagan vaziyatlarda tasavvur qilishga intilish;
2) Berilgan ob’ekt va har qanday boshqa ixtiyoriy olingan ob’ekt o‘rtasida fikran bog‘lanishini o‘rnatish;
3) Ob’ekt haqida iloji boricha ko‘proq savol berish (uning tuzilishi, xossalari, o‘zgartirish imkoniyatlari va x.k.);
4) Echilmayotgan muammoni echishni ilhom kelgan paytda echish uchun kechiktirish;
5) Mavjud va unga uzoq bo‘lgan muammolar bo‘yicha miyaga kelgan har qanday g‘oyalarni qog‘ozga tushirib borish.

Butunlay boshqa prinsipga TRIZ ega bo‘lib, uni G.S. Altshuller yaratgan. U tipik konstruktorli- ixtirochilik masalalarini echishda uchraydiga qarama- qarshiliklarni echish uchun dastur (algoritmlar) ishlab chiqqan. U masalani echishning quyidagi ketma- ketligini ajratgan: biror narsani o‘zgartirish kerak bo‘lgan vaziyat bilan to‘qnashuv; masalani qo‘yish (mavjud tizimni o‘zgartirish, yoki uni boshqa tizim bilan almashtirish); masalaning modelini qurish– texnik qarama- qarshilikni qayd etish; ideal oxirgi natijani yaratish; fizik qarama- qarshilikni shakllantirish; fizik echish; texnik echish; hisobiy echish. Uning ta’kidlashicha har qanday muhandislik ma’lumotiga ega odam, xatto usiz ham ixtirochilik usulining “formulasi”dan foydalanib ixtiro qilishi mumkin va zehn- zakovat masalalarini echishi mumkin [2].

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling