Tdtu nazarov jasur ee 3-guruh


Download 393.72 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi393.72 Kb.
#1016061
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nazarov Jasur

Ultrabinafsha nurlar ko‘zga ta’sir qiladi, ko‘z unga qum kirganga o‘xshab og‘riydi, ko‘z yorug‘likdan qo‘rqadi, qizaradi va bir oz shishadi. Bular hammasi elektrooftalmiya kasalligiga xos bo‘lib, ultrabinafsha nurlar ta’sir qilgandan 6-8 soat keyin bilinadi, gohida ikki sutkagacha davom etadi.Ultrabinafsha nurlar nisbatan katta bo‘lmagan miqdorda organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular organizmda qon ko‘payishiga D vitaminning paydo bo‘lishiga va modda almashuvining yaxshilanishiga sababchi bo‘ladilar. Bulardan tashqari ultrabinafsha nurlar havodagi va narsalardagi bakteriyalarni o‘ldiradilar. Mana shu xususiyatga ko‘ra ultrabinafsha nurlar tibbiyotda davollash va profilaktika vositasi sifatida keng qo‘llaniladi.

  • Ultrabinafsha nurlar ko‘zga ta’sir qiladi, ko‘z unga qum kirganga o‘xshab og‘riydi, ko‘z yorug‘likdan qo‘rqadi, qizaradi va bir oz shishadi. Bular hammasi elektrooftalmiya kasalligiga xos bo‘lib, ultrabinafsha nurlar ta’sir qilgandan 6-8 soat keyin bilinadi, gohida ikki sutkagacha davom etadi.Ultrabinafsha nurlar nisbatan katta bo‘lmagan miqdorda organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular organizmda qon ko‘payishiga D vitaminning paydo bo‘lishiga va modda almashuvining yaxshilanishiga sababchi bo‘ladilar. Bulardan tashqari ultrabinafsha nurlar havodagi va narsalardagi bakteriyalarni o‘ldiradilar. Mana shu xususiyatga ko‘ra ultrabinafsha nurlar tibbiyotda davollash va profilaktika vositasi sifatida keng qo‘llaniladi.
  • Havoning namligi va harakatchanligi ham kishi organizmiga sezilarli ta’sir qiladi va organizmning issiqlik almashuvining o‘zgarishida ifodalanadi.

Ishlab chiqarish mikroiqlimning gigenik normalari

  • Ishlab chiqarish mikroiqlimning gigenik normalari
  • Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari “Sanoat korxonalarini loyihalash sanitariya normalari” (SN 245–71)ga, “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi”, “Ish zonasi mikroiqlimi” GOST 12.1.005-76 ga asosan belgilanadi. Ular gigienik va texnik-iqtisodiy tartiblar hamda talablarga asoslangan.
  • Sanoat korxonalarida xonalarning xili (oddiy, issiq), yil fasllari (issiq, sovuq, o‘zgaruvchan) va ish kategoriyasiga (engil, o‘rtacha va og‘ir) qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining ish joylari uchun ruxsat etilgan, optimal normalari belgilangan. Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: Engil jismoniy ishlar (1-kategoriya)ga o‘tirib, turib yoki yurish bilan bog‘liq bo‘lgan holda bajariladigan, biror muntazam jismoniy zo‘riqish yoki og‘ir yuklarni ko‘tarish talab qilinmaydigan ishlar misol bo‘lib, bunda soatiga 150 Kkal (172 j/s) energiya sarf qilinadi. O‘rtacha jismoniy ishlar (2-kategoriya)ga soatiga 150-250 Kkal (172-293 j/s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘irligi 10 kg gacha bo‘lgan yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar misol bo‘ladi. Og‘ir jismoniy ishlar (3-kategoriya)ga muntazam jismoniy zo‘riqish, og‘ir (10 kg dan ko‘p) yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi.
  • Harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligi optimal va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normalanadi. Optimal miqdorlar deganda odamga uzoq muddat davomida va muntazam ta’sir qilganda issiqlik boshqarilishi reaksiyasini ko‘paytirmasdan organizmning normal funksional va issiqlik holatini saqlashni ta’minlaydigan mikroiqlim parametrlarining yig‘indisi tushuniladi. Ular issiqlik sezish mo‘‘tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini oshirishda muhim shart-sharoit hisoblanadi.
  • Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning funksional va issiqlik holatdagi o‘zgarishlarni, fiziologik moslashish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan issiqlik boshqarilishi reaksiyalariing kuchayishini bartaraf etadigan va me’yorga soladigan mikroiqlim parametrlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘‘tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 393.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling