Millatimizning qahramonlari ko’p. Lekin asl qahramonlar vafot etganidan keyin bilinadi. Tog’ni tepasida tursangiz, tog’ni haybatini sezmaysiz. Ammo qancha uzoqlashsangiz shuncha tog’ni kattaligini sezasiz


Download 13.89 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1133284
Bog'liq
insonga-etibor


Millatimizning qahramonlari ko’p. Lekin asl qahramonlar vafot etganidan keyin bilinadi. Tog’ni tepasida tursangiz, tog’ni haybatini sezmaysiz. Ammo qancha uzoqlashsangiz shuncha tog’ni kattaligini sezasiz. Va bugun o’zini qahramon deyotganlar ko’p. Aslida asl qahramonlar o’zini oshkor qilmaydi. Bu millatni tirik qahramonlari ko’p. Millatning qahramonlari to’g’risida orzu qilgan bitta narsam bor. Umrini bu Vatan uchun fido qilganlar bor va ularni alohida qabristoni yo’q. Men istardim alohida qabristoni bo’lishini. Nima sababdan Vatan chegarasida turib, Vatan osoyishtaligi uchun, dushmanga qarshi kurashib o’lgan chegarachi askarga “shahid”lik maqomini bermaymiz? Nimaga haligacha tobutga bayroq yopish urfi yo’q bizda? Vaholangki biz “Bayroq uchun yashash kerak, Vatan uchun yashash kerak. Bu qahramonlik” deb aytamiz. Qaysi qahramonni ko’rdingiz o’lganida kafani bayroqqa o’ralganini? Bolalarga achinaman. Millatni qahramonlarini tanishmaydi. Davlat bu xususida o’ylashi kerak. Vatan uchun jonini tikib o’tib ketgan qahramonni oilasi nochor ahvolda qolayotgan bo’lsa, uni qabri qayerdaligini hech kim bilmasa, qabri obod turmasa, bugun tirik bo’lgan qahramonlar o’lganlar kabi fidoyilik qilmaydi. O’ylanib qoladi. U ham jonini asrashga harakat qiladi. Kiprigini qoqmasdan dushmanini ustiga tikka bormaydi. Tushunayapsizmi? Bu elementarniy narsa. Bunga ko’p mablag’ kerak emas. Bir askarimiz shahid bo’layotgan bo’lsa, birinchidan “shahid” degan nomga loyiq u, haq etadi u nomni. Ikkinchidan shahid bo’lgan askarni tobutiga nima uchun biz bayroqni yopmaymiz? Bunga pul kerakmi? Endi davlat bitta bayroq topib berar. Qachonki, millati va Davlati uchun o’lish orzusidagi mujodala qilib, dushman bilan kurashib o’lish orzusiga aylangan askarlar paydo bo’lmas ekan, millatni va davlatni xotirjam uxlashga haqqi yo’q. Bunaqa askarlar paydo bo’lishi uchun tirigi tugul o’ligiga ham e’tibor qaratish kerak. Istalgan insonga qadr kerak. Mehnatini qadri kerak. Qadr topilmagan joyda fidoyilik bo’lmaydi. Fidoyilik qadrlansagina, fidoyilik bardavom bo’ladi. Qadrlanmasa bardavom bo’lmaydi. Bugungi qaysi askarimiz tayyor urush boshlansa men urishga boraman deb? Agar dushman bostirib kelsa 40% idan ko’pi qochib ketadi. Xudo ko’rsatmasin. Olloh bizni urish bilan sinamasin. Meni nazlimda biz hali tayyor emasmiz, ruhan tayyor emasmiz. O’qqa o’qni to’sish uchun otilib chiqadigan askarlarimiz yo’q demayman, lekin kam, barmoq bilan sanarli. Chunki o’lsam, ota-onam, farzandlarim ortimdan faxrlanadi degan bir taskin borda. Istalgan odam shuni istaydi. Lekin shu shahid bo’lgan insonlarni oilasini qaraylik, 9-mayda eslab sovg’a olib boramiz bo’ldi. Ularning umri bitta 9-maydan iborat. Men davlatni ichida bir odobni ko’rmadim. Shahid oilasiga munosabat degan narsa bor. Masalan, bir inson shahid bo’ldi. Uning ota onasi hokimning oldiga, qancha navbat bo’lsin, navbatsiz qabul qilinishi kerak. Bu odob deyarli ko’p mamlakatlarda bor. Musulmon bo’lgan va bo’lmagan davlatlarda ham bor.
Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling