Tekis egilish. Sof egilish. Kuchlanishlarni aniqlash
Download 457.24 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot. Egilishga ishlayotgan balkalardagi ichki kuchlar
TEKIS EGILISH. SOF EGILISH. KUCHLANISHLARNI ANIQLASH.Eguvchi (M(x)) moment, kesuvchi (Q(x)) kuch va yoyilgan q kuchlar orasida quyidagicha differensial bog’lanishlar mavjuddir: (4.1) bu differensial bog’lanishlar M(x) va Q(x) epyuralarini harakterli nuqtalar bo’yicha qurishda va ularni tekshirishda muhim ahamiyatga egadir. Sof egilish xolatida bo’lgan balka ko’ndalang kesimining ixtiyoriy nuqtasida normal kuchlanish quyidagi formuladan topiladi: (4.2) Eng katta normal kuchlanish kesimning chetki nuqtalarida hosil bo’lib quyidagi formuladan topiladi: (4.3) bu formulaga (4.4) ifodani kiritib quyidagini topamiz . (4.5) (4.4) ifodaga ko’ndalang kesimning qarshilik momenti deyiladi. Agar kesim neytral o’qqa nisbatan simmetrik joylashmagan yoki balka materiali chuzilish va siqilishga har xil qarshilik ko’rsatsa, u xolda Wy cho’zilish va siqilish uchun alohida-alohida hisoblanadi. Tekis egilishda normal kuchlanish bo’yicha balkaning mustahkamlik sharti quyidagicha bo’ladi: (4.6) Ko’ndalang egilishda balkaning ko’ndalang kesimida hosil bo’ladigan urinma kuchlanish quyidagi formuladan topiladi: (4.7) To’gri to’rtburchak kesimning neytral o’qidan z masofadagi urinma kuchlanish quyidagi formuladan topiladi: (4.8) Eng katta urinma kuchlanishlar neytral o’q ustida hosil bo’ladi: (4.9) Doiraviy kesimda eng katta urinma kuchlanish neytral o’q ustida hosil bo’lib, quyidagicha topiladi: (4.10) Ko’ndalang kesimi kushtavrdan iborat bo’lgan balkaning neytral o’qi ustidagi nuqtalarda eng katta urinma kuchlanish hosil bo’ladi va quyidagi formuladan topiladi: (4.11) bunda Smax – yarim kesimining neytral o’qqa nisbatan statik momenti; v - kushtavr devorining kalinligi. Ko’ndalang egilishda urinma kuchlanish bo’yicha balkaning mustahkamlik sharti quyidagicha bo’ladi: . (4.12) Umumiy xolda egilishda balkaning potensial energiyasi quyidagicha topiladi: . (4.13) 4.1-misol. 4.1-shaklda ko’rsatilgan balka uchun Q(x) va M(x) epyuralari quriladi. Yechish: Download 457.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling