Тема №1: Ведение беременности у здоровых женщин


Download 0.71 Mb.
bet2/9
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1380956
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №1 Sog‘lom ayollarda homiladorlikni olib borish. Antenatal parvarish. Milliy standartlar.

2.Motivatsiya
Sog‘lom homilador ayol xomiladorligini ratsional boshkarishda ma’suliyatni xis kilishni urgatish, talabalarda odamiylikni shakllantirish, ularda ayollarga nisbatdan muloyim nusobatda bulishni urgatish. Xar bir talabada mustakil ishlashni rivojlantirish, xomiladorlikni boshkarishda tugri fikrlashni urgatib ona va perinatal asoratlarni xamda ulimni sonini pasaytirishga erishish.
3. Fanlararo va fan ichimdagi bog‘liqliklar
Mazkur mavzuni o‘rganish uchun anatomiya, fiziologiya, gistologiya, 4-kursda olingan akusherlikdan dastlabki bilim, farmakologiya va klinik farmakologiya bo‘yicha bilim bo‘lishi zarur.
4. Mashg‘ulot mazmuni
4.1 Nazariy qism
Antenatal parvarish
Oxirgi vaqtda tug‘ruqqacha va tug‘ruq paytidagi parvarishga munosabat ancha o‘zgardi. BJSST tomonidan dunyoda sog‘likni saqlashning holati haqidagi dokladda shakllantirilgan (2005 y.) ming yillik rivojlanishining 8 asosiy maqsadi mavjud.
1 maqsad: og‘ir qashshoqlik va ochlikni yengib o‘tish
2 maqsad: global boshlang‘ich ta’limni egallash
3 maqsad: ayollarning gender tengligi va delegirlangan vakolatiga sharoit yaratish
4 maqsad: bolalar o‘limi foizini kamaytirish
5 maqsad: onalar salomatligini yaxshilash
6 maqsad: IIV/OITS, bezgak, sil tarqalishiga qarshi kurashish
7 maqsad: atrof – muhit barqarorligini ta’minlash
8 maqsad: umumjamiyat rivojlanishi uchun global hamkorlikni rivojlantirish
Shulardan 3 maqsad perinatal parvarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligiga qaramay, boshqalarining ham sog‘liqni saqlash tizimiga aloqasi bor.
Onalik – bu ko‘pchilik ayollarga pozitiv xolat, ya’ni ko‘pchilik ayollar va ularning oilalari xomiladorlik, tug‘ruq va onalikni baxt, g‘ururlikni xis etishadi. Biroq xozirgi kunda ko‘p onalar xomiladorlik, tug‘ruq, shuningdek kasallik va mexnatga layoqatsizlikdan jabr chekadilar.
BJSSTning “21 – asrda salomatlik” dagi strategiyalaridan biri sog‘lom hayot boshlanishini ta’minlash. BJSSTning «Bexatar onalik» initsiativasi ishlab chikarildi, maqsadni yanada shakillantirish uchun 2004 y. «Onalikni yanada bexatar» dasturi ishlab chiqildi. Asosiy prinsiplar va perinatal texnologiya dasturlari Yevropa regionidan BJSST bir gurux ekspertlari Venetsiyada 1998 y. va Veronada 2003 yilda ishlab chiqarildi. Bu prinsiplar keng qo‘llab quvvatlandi va barcha region mamlakatlariga tarqalib reaklizatsiya qilindi. BJSST Yevropa va Amerika byurosi bilan birgalikda Fortaleze, Braziliya (aprel 1985 y.) konferensiya tashkil qildilar, va unda 60 ekspertdan oshiq (akusherlar, pediatrlar, sog‘liqni saqlash yetakchi mutaxassislari, ekonomistlar, psixologlar va sotsiologlar) qatnashdilar. Sog‘liqni saqlashning eng yaxshi modeli uch qoidaga asoslandi: bexatar, dalillarga asoslangan tibbiyot (dokazatelnaya meditsina) va bemor talablari.
UzR SSV 425 “O’zbekiston Respublikasida homiladorlarga ambulator sharoitda yordam ko‘rsatish samarasini oshirishga zamonaiy texnologiyalarni kiritish haqidagi” farmoniga asosan, har bir kamida 6ta rejali tug‘ruqqacha tashrifni amalga oshirishi lozim (12 haftagacha, 16 haftada, 28, 34, 36, 38 haftalik muddatlarda) yoki ko‘pincha maslahat va tekshiruvga ehtiyoj bo‘lganda.
Antenatal parvarish
Antenatal parvarish buyicha dasturlar onalar va perinatal ulimni, shuningdek perinatal kasallanish kursatkichini pasaytirish usullarini topish uchun ishlab chikarilgan.
Tugrukkacha parvarishdan maksad – ayolga salomatligini saklashga va shu bilan tugilajak farzandining xam soglom bulishiga yordamlashishdan iborat. Tugrukkacha parvarish xomilador ayolga, uning partneri yoki oilasiga xususan ota-onalik vazifasini uzlashtirishda yordam va kullab kuvvatlashni uz ichiga oladi. Bu tibbiyot xodimlari nafakat parvarishni emas, balki ayolni, parneri yoki oila a’zolariga axborot beradi va urgatadi deganidir.
Tugrukkacha bulgan parvarish doirasida xizmat kilayotgan tibbiyot xodimlarining roli kuyidagilardan iborat:

  • xomiladorlik, tugruk, kukrak bilan bokish, ota-onalik vazifasiga ayolning ruxiy adaptatsiyasini kullab kuvvatlash

  • xomiladorlik kechishini ayol va xomila salomatligini ta’min etish maksadida kuzatish

  • barcha ayollarni tekshirish xamda sodir bulishi mumkin bulgan asoratlarni aniklash

  • ayollarga ularning sogligi xakidagi muximaxborotlarni berish: soglik uchun foydali taomlar, chekishni tashlash, OIV profilaktikasi, oilani rejalashtirish, zuravonlikka barxam berish.

Dastlab ayollarni xomiladorlik vaktida yuzaga keladigan nisbatan xavfli simptomlar, asoratlar bilan tanishtirish. Tugrukkacha mashgulotlar ayol va uning oilasiga xomiladorlik va tugruk xakida ma’lumot beradi.
UzR SSV 425 “O’zbekiston Respublikasida homiladorlarga ambulator sharoitda yordam ko‘rsatish samarasini oshirishga zamonaiy texnologiyalarni kiritish haqidagi” farmoniga asosan, har bir kamida 6ta rejali tug‘ruqqacha tashrifni amalga oshirishi lozim (12 haftagacha, 16 haftada, 28, 34, 36, 38 haftalik muddatlarda) yoki ko‘pincha maslahat va tekshiruvga ehtiyoj bo‘lganda.
Nerv nayi nuksonining oldini olish maksadida foli kislota buyurilishi, kandli diabet bilan ogrigan ayollarni xomiladorlikka kadar tekshirish uz vaktida bulishi kerak. Bundan tashkari, soglom xayot tarzi tugrisida tavsiyalar berish mumkin.


Rejali kurikda amalga oshriladigan muolajalar:
AKB ni ulchash: extimolli gipertenziya xolatlarini aniklash maksadida KVP ga xar tashrif buyurilganda ulchanadi. Akbning kutarilganligi ba’zi xollarda preeklampsiya rivojlanishi mumkinligiga guvoxlik beradi. Kasalxonada davolanishni diastolik kon bosimi 90 mm. sim. ust. bulganda yoki xomiladorlikning 20 xaftasigacha bulgan muddatda ulchangan dastlabki bosimdan 10 mm. sim. ust. ga pasayganda tavsiya etish mumkin.
Peshob taxlili: Bemor tibbiy massasaga birinchi marta tashrif buyurganda belgisiz bakteruriyani aniklash maksadida utkazilishi kerak. Agar bakteriya 1ml peshobda 100000 koloniya bulsa, antibiotikoterapiya zarur xisoblanadi. KVP ga keyingi tashriflar mobaynida peshob proteinuriyani aniklash uchun tekshiriladi. Skrining tekshiruvga peshobning istalgan porsiyasi olinishi mumkin, birok peshobdagi yaxlit oksil mikdori xakidagi tulik va anik ma’lumotni bilish uchun peshobni 24 soat ( sutkalik peshob) yigish maksadga muvofik.
Bachadon tubi balandligini ulchash: Kator izlanishlar bachadon tubi balandligini ulchash tugilajak xomilaning vaznini oldindan aniklashda ixtisoslashgan va juda tugrim kursatgich ekanligini tasdikladi. Bu sinama xomilaning rivojlanishi va rivojlanishdan ortda kolayotganini aniklash imkonini xam beradi. (Antenatal Care Basics, WHO)
Tashki akusherlik kurigi (Leopold Levitskiy usuli): Xomilaning joylashishi xar tashrifda aniklanadi, lekin uni xomiladorlikning 36-xaftasigacha anik bilish mumkin emas.
Oyoklarni kurish: Xar tashrifda venalarning varikoz kengayganligini aniklash uchun xomilador ayolning oyok va panjalarini kurish lozim. Ogir jismoniy mexnat bilan shugullanuvchi yoki uzok vakt oyokda tik turuvchi ayollarga oyoklar uchun jismoniy mashk tavsiya etish mumkin. Shishlar ( umumiy yoki tez rivojlanuvchi yuz, bel shishlaridan tashkari), 50-80% xomiladorlarda uchrashi mumkin bulganligi uchun patologik xolat indikatorlari bulib xisoblanmaydi.
Kon ( kon guruxi va gemoglobin mikdori) taxlili: Agar kon guruxi anik bulmasa, xomiladorlikning erta muddatlarida utkaziladi. Gemoglobin mikdorini aniklash xar rejali tashrifda amalga oshiraladi.





Rezus omilni tekshirish: Rezus omilni va antitelolar borligini aniklash, shuningdek, manfiy rezus omilga ega ayollarga xomiladorlikning 28-xaftasida va tugrukdan keyin anti D-gammaglobulin yuborishga tayyorlanish juda muxim.
Rejali UTT: xomilaning xayot faoliyati belgilarini yoki nobud bulganligini, gestatsion yoshini aniklash (22 xaftagacha), rivojlanishini baxolash, yuldosh joylashgan joyini aniklash, taxminiy kup xomilalilikni bor yukligini tasdiklash, kup yo kam suvlilikda kogonok suvi mikdorini bilish, xomila xolatini aniklash, bachadon buyniga aylanma chokni tugri kuyish maksadida utkaziladi.
Xavf tushunchasi
Xavfni baxolashning an’anaviy tizimidan foydalanish, jiddiy asoratlar kuzatilgan ayollarni kupincha uzini oklamagan maxsus parvarishiga olib keladi.
Yakin vaktlargacha tugrukkacha bulgan parvarish xavf guruxiga kiruvchi ayollarni topish uchun kullanilardi, xozir biz onalar ulimiga olib keluvchi sabablarni doim xam aniklay olmasligimizni bilamiz. Tugrukkacha bulgan parvarishga eng yakin yondashuv xamma narsaga e’tiborli bulish va kuzatuvni ta’minlashdan iborat. Birinchi navbatda xar bir ayolning salomatligini dikkat bilan kuzatish zarur. BJSSJ xavfni baxolashning an’anaviy tizimini tavsiya etmaydi. Barcha xomilador ayollarga e’tibor bilan yondashish talab etiladi. Bu xamma ayollar xavf guruxiga kiritilishi kerakligini emas, aksincha, agar xech kanaka asoratlar kuzatilmasa bu ayolni xomiladorligi asoratsiz kechayotgan ayollar guruxiga kiritilishi kerakligini anglatadi. Xaar bir xomiladorlik kandaydir xavf bilan kuzatiladi. Boshdan xomiladorlikka xuddi tabiiy fiziologik xolat deb karash lozim, birok UASh doim ziyrak bulishi va bor bulgan yoki kutilayotgan xavfni kuzatishi kerak. Xomiladorlik davrida salbiy yoki xavfli uzgarishlarni dikkat bilan kuzatish juda muxim bulib, tugrukkacha parvarishning asosiy vazifalaridan biri xam shudir.
GIPYeRDIAGNOSTIKADAN SAKLANING: bu na ayolga, na bolaga foyda keltirmaydi.
Xavfni baxolashga yangi yondashuv
Asorat tashxislangandan sung, ayolni kaysidir xavf guruxiga kiritmay, asoratning ayol va xomilaga xavf darajasini aniklash uchun chukur kuzatish va taxlil kilish zarur. Kay bir ayolda asoratlar rivojlanishin oldindan aytish mumkin emas, shuning uchun xam amaldagi xavfni baxolash tizimi onalar ulimini samarali bartaraf etish imkonini bermaydi.
40% ayollarda xomiladorlikda muammolar paydo buladi, ammo fakat 15% i xayot uchun xavf tugdiruvchi asoratlarni ixtisoslashgan davolashni talab kiladi.
85%dan ortik xomiladorlar maxsus tibbiy aralashuvga muxtoj bulmaydi, shuning uchun oddiy monitoring, psixologik va emotsional kullab – kuvvatlash xam norma xisoblanadi.


Ilova 1
BJSSJ tomonidan kayta ishlab chikilgan, tugrukkacha parvarishning yangi modeli:
Villar, J.,P. Bergsjo. WHO. 2002
Izox: utkazilgan tekshiruvlarni belgilang (buyalmagan katakchalar).
KVP/OP ga kelgusi tashrifga yakinrok gestatsion muddatni belgilang.
Bemor ismi
Manzili va tel. rakami
Tibbiy karta rakami

BIRINChI TAShRIF: tibbiy muassasaga murojaat kilgan barcha ayollar uchun xomiladorlik muddatidan kat’iy nazar birinchi tashrif. Agar birinchi tashrif tasiya kilingan muddatdan kech amalga oshirilgan bulsa, ayni vaktgacha bulgan barcha kursatkichlarni kayd kiling.
SANA: __/__/____

Tashrif

1oye
< 12 xafta

2oye

3e

4oye

Klinik kurik













Klinik ifodalangan anemiya/ gemoglobin mikdoriga kon taxlili













Akusherlik kurigi: xomiladorlik muddati va xomila vaznini aniklash













Ginekologik kurik ( 2-tashrifga koldirish mumkin)













AKB ni ulchash













Ayol buyi/vaznini ulchash













JYBYuK belgilarini aniklash, zaxmga ekspress taxlil













Peshobning umumiy taxlili













Konning gurux, rezus omilga tekshirish













Koksholga karshi zardob yuborish













Temir preparatlarini/foli kislota buyurish













Shoshilinch xolatlar yuzaga kelsa, boglanish uchun tel. rakamni berish













Almashinuv kartasini tuldirish













IKKINChI VA KYeYINGI TAShRIFLAR xomiladorlik muddati xaftada

SANA: __/__/____




26







Klinik kurik va kamkonlikni aniklash













Akusherlik kurigi: xomiladorlik muddati, bachadon ulchami va xomila yurak urishini aniklash













AKB ni ulchash













Ayol vazni (fakat 1-tashrifda kam vaznlilik aniklangan ayollar uchun)













Proteinuriyaga peshob taxlili













Temir preparatlarini/foli kislota buyurish













Shoshilinch xolatlar buyicha tavsiyalar













Tiblbiy kartani tuldirish













UChINChI TAShRIF: 2-tashrifga kushimcha







32




SANA: __/__/____













Gemoglobin mikdoriga kon taxlili













Koksholga karshi zardob yuborish (2-doza)













Tugrukka tayyorlash/tugrukni rejalashtirish













Kukrak bilan bokish/kontratsepsiya buyicha tavsiyalar













TURTINChI TAShRIF: 2-, 3- tashrifga kushimcha













SANA: __/__/____










38

Xomilaning dumba bilan joylashishi va boshiga aylanishi













Almashinuv kartasini tuldirish, uni gospitalizatsiya vaktida uzi bilan olish













Tugrukkacha parvarish buyicha mas’ul tibbiy xizmatchi:
Ismi:
Imzo:
FIZIOLOGIK KYeChAYoTGAN XOMILADORLIKNI BOShKARISh KUNIKMALARI (BIRINChI TAShRIFDA).
Boskichma – boskich topshiriklar:

  1. Xomilador ayolni va uni kuzatib kelganlarni kabul kilib olishga tayyorlaning: tegishli xujjatlarni; kurik joyini; instrumentlar va kulkoplar tayyorlang.

2. Patsiyentni olkishlang va uzingizni tanishtiring
3. Ambulatoriya kartasi bilan tanishing va unga tegishli ma’lumotlarni kiriting:
• ismi va familiyasi;
• xomiladorning yoshi;
• turar joyi va ish joyi xakidagi ma’lumot;
• nikox kayd etilganmi yoki yukmi.
4. Ayolning tashki kurinishiga va uning uzini olib borishiga e’tibor bering (kurkish, xayajoi, bezovtalik kabi xolatlar bor-yukligini aniklang).
5. Xomilador ayoldan uning ilgari utkizgan kasallikalari va shikoyatlari tugrisida surang
6. Ilgarigi ginekologik kasalliklari va oldingi komiladorliklar kechishi tugrisida savollar berib ambulatoriya kartasiga ma’lumotlarni kiriting.
7. Oxirgi xayz tugrisida ambulatoriya kartasiga yozing
kiriting.
8. Utkaziladigan muolajalar xakida suzlab bering.
9. Kerakli tekshirishlarni utkazing:
• arterial kon bosimini ulchang (agar diastolik kon bosimi 90 mm dan oshsa va xomiladorlik muddati 20 xaftagacha bulsa - mutaxassis tomonidan baxolash va konsultatsiya kilish kerak);
• siydik taxlili (simptomsiz bakteriuriyaga, oksilga glyukozaga va keton tanachalariga tekshiring);
• ayol vaznni ulchang;
• UTT zarurat bulganda, ayniksa xomiladorlikni erta davrlarida tavsiya etiladi. Xomiladagi nuksonlarini aniklash maksadida xomiladorlikni 18 xaftasidan keyin, yurak nuksonlari xavfida - 22 xaftasida UTT tavsiya etiladi;
• Kon guruxini va rezus-omilni aniklash uchun kon taxlili utkazing;
• Gemoglobin mikdorini, eritrotsitlar va leykotsitlar sonini aniklang;
• Kindan surtma olib labaratoriya tekshirishiga yuboring.
10. Xomilador ayol oyoklarini kurikdan utkazing, shish va venalarni varikoz kengayishiga e’tibor Bering.
11. Tashki akusherlik tekshirishini utkazing:
• Bachadon tubini balandligini;
• Xomilani vaziyatini;
• Xomilaning oldindan joylashgan kismini;
• Xomilaning yurak urishini aniklang.
12. Jinsiy a’zolarni tekshirib kuring:
• Tashki jinsiy a’zolarni kurikdan utkazing;
• Kuzgular yordamida kuring;
• Bimanual tekshiring.
13. Sut bezlarini tekshiring
14. Anamnez, labaratoriya tekshiruvlari natijasi, tashki kurik ma’lumotlari asoslanib xomiladorlik muddatini aniklang. Patologik uzgarishlar bulsa diagnozni shakllantiring.
15. Tugrukni taxmini sanasini xisoblang: oxirgi xayz birinchi kunyga 7 kun kushib 3 oy orkaga sanang.
16. Kuriklar natijalarini ambulatoriya kartasiga kiriting. Yozuvlar tushunarli va ijrochi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
17. Xomiladorga uy kartasini tuldirishni o‘rgating.
18. Profilaktik maksadda 60 mg Fe va 400 mkg foliy kislotasini 1 oyga tavsiya kiling.
19. Kelgusi tashrif sanasini belgilang.
20. Infeksiyalarni oldini olish koidalariga rioya kilgan kolda kurik uchun stolni, instrumentlarni va kulkoplarni zararsizlantiring.
FIZIOLOGIK XOMILADORLIKNI BOShKARIShDA MASLAXAT.
KLINIK KUNIKMALAR.
1. Patsiyent bilan salomlashing, o‘tqazing
2. Ayolni oldingi tashrifidan sung xis tuygu, uzini kanday sezayotganligini surang, uzini tutishi e’tibor bering
3. Tashki kurinishiga va uzini tutishiga e’tibor Bering
4. Teri koplamlari va shillik pardalar rangiga e’tibor bering.
5.Utkaziladigan muolajalarni tushuntirib bering.
6. Shishlarni aniklash uchun oyoklarini paypaslab kuring.
7. Tizzadan pastrok soxada oyoklarini aylanasini ulchang.
8. Arterial kon bosimini ikkala kullarida ulchang
9. Siydik tahlili natijalarini izoxlang.
10. Xomiladorlikni 30-32 xaftasida kon va siydik umumiy taxlilini takrorlang.
11. Xomilani rivojlanish nuksonlariga xavf bulsa xomiladorlikni 20-22 xaftalarida UTT o‘tkazing.
12. Akusherlik tekshiruvini o‘tkazing: Sut bezlarini tekshiring; Bachadon tubini balandligini tekshiring (xar safar bu tekshiruvni bir xodim utkazishi maksadga muvofik). Santimetr lentasini simfizni yukori kirrasiga urnatish kerak va bachadon tubigacha masofa ulchanadi. (normal bir xomilali xomiladorlikda 24 xaftadan boshlab santimetr xisobida balandlik gestatsion muddatga tengdir). Korinni paypaslash: xar safargi tashrifda xomilani vaziyati va old kiyem i aniklanadi va 36 kxftadan boshlab old kismini kichik chanokga kirishi aniklanadi. Xomilani yurak urishi: 1 dakika mobaynida stetoskop yoki «Malыsh» apparati yordamida yurak urishini tezligi, ritmi va tinikligi eshitib aniklanadi. Xomilani kimirlashi va xarakatlari aniklanadi.
13. Kin ajralmasi taxlili utkaziladi. Mikroskopiya va bakteriologik tekshiruv xomiladorlikni boshida va 32-36 xaftalarida utkaziladi.
14. Tekshiruv natijalari ambulator kartaga kiritiladi.
15. Fiziologik kursatkichlardan farklanadigan uzgarishlar aniklansa xomilador ayol chukurrok tekshiriladi va boshka mutaxassislar bilan keyingi olib borish taktikasini belgilash maksadida maslaxat utkaziladi.
16. Xomilador ayoliing kartasida yozuvlarni kiritiig.
17. Bemor bilan suxbatlashing, savollariga javob kaytaring.
18. Kelgusi tashrifii sanasini va vaktini belgilang.
19. Kelgani uchun minnatdorchilik bildiring.
20. Infeksiyalarni oldini olish maksadida zararsizlantirish choralariga kurik paytida va undan keyin rioya kiling.
XOMILADORLIK PAYTIDA PARVARISh (boskichma – boskich topshiriklar).

  1. Ayol va uning eri bilan xushmuomalalik bilan salomlashing. Ularga kulay joylashib utirishini tushuntiring.

2. Ularga uzingizgni tanishtiring
3. Ayol va uning eriga bulajak bolasi xakida, xomilador bulgandan boshlab tugrukkacha bulgan jarayonni suzlab bering. Ukuv kurollaridan foydalaning, xomiladorlik paytida ayol organizmida buladigan fiziologik uzgarishlar xakida aytib bering: endokrin sistema tizimida; metabolik uzgarishlarda; nafas, oshkozon-ichak, siydik ajratish tizimlarida va reproduktiv sistema tizimida; sut bezlarida; suyak tizimida yuzaga keladigan uzgarishlar tugrisida ma’lumot bering.
4. Xomiladolik gigiyenasi tugrisida ma’lumot Bering
5. Xomiladorlik paytida paydo bulashi mumkin buladigan oz shikoyatlarni yengillashtirish yullarini urgating:
Kungil aynishda:
1) kam-kam lekin tez-tez ovkatlanishni urgating;
2) iloji bulganda yotgan joyda ovkatlanish, sungra 15 dakika mobaynida yotishni davom ettirish;
3) ertalabki nonushtada oksilga boy ovkatlar (gusht, tuxum); sutli ovkatlar (kefir, katik, ayron, pishlok, kurtok) va boshkalarni iste’mol kilishni ayting;
4) kiyin xazm buladigan ovkatlarni cheklashni (kovurilgan, kaynatilgan gulli karam);
5) suyuk ovkatdan kura kuprok kuyuk ovkat iste’mol kilishni;
6) gazli suvni meyyorida ichish, bu ovkat xazm kilishini yaxshilashini, ishtaxani ochishini, lekin kondagi tuz mikdorini oshishiga olib kelishi tugrisida ma’lumot bering.
Kekirish, kabziyat:
1. Kup ovkat yemaslik kerakligi;
2. Tez-tez va oz-oz ovkatlanish;
3. Yukori kaloriyali va shur ozik-ovkat iste’mol kilmaslik tugrisida ayting;
4. Tana a’zolari uchun noma’kul xolatdan kochish;
5. Jismoniy mashklar;
6. Ratsionga kuyidagilarni kushish: sabzavotlar, mevalar, kora non tugrisida gapiring;
7. Ertalab ovkatlanmasdan va kun buyi bir necha stakan suyuklik iste’mol kilish.
Xansirash (tez-tez nafas olish):
1) Jismoniy yuklamani kamaytirish; 2) Agar nafas olish kiyinlashaversa vrachga murojaat kilish lozimligi tugrisida tushuntiring.
Kuyidagi xolatlarda duxtirga tezlikda murojaat kilishligini ayting:
- Jinsiy yullardan ajralma kelsa.
- kon aralash ajralma kelsa
- oyoklarda ogrik va shish paydo bulsa
- ayol uzini yomon xolatda sezsa
- korinda ogrik paydo bulsa
- uzok vakt turganda charchasa, axvoli ogirlashsa ayniksa kun issigida va kun oxirida.
6. Ayolga xomiladorlik paytida va undan sung ovkatlanish koidasini tushuntiring


Xomila usib rivojlanishi, bachadon ulchamlarining kattalashishi, ayol organizmidagi gormonal uzgarishlar sabbabli xomiladorlik davrida ayol organizmi a’zo va tizimlarining (yurak-kon tomir, siydik ajratish va nafas olish a’zolari) ortikcha yuklama bilan ishlashi uziga xos. Ayniksa, moddalar almashinuvi jarayonlarida yakkol uzgarishlar kuzatiladi. Shu sababli xomilador ayolni ratsional ovkatlanishi aloxida axamiyat kasb etadi.
Xomilador ayolni ratsional ovkatlanishi deganda – kun davomida ovkat ratsionini tugri taksimlanishi va xomiladorlikning muddatlariga mutanosib xolda turli xil ovkat maxsulotlarini iste’mol kilishi tushuniladi. Semirishni oldini olish maksadida ortikcha tana vazniga ega bulgan xomiladorlar ovkat ratsioni kaloriyasini uglevodlar va yoglar xisobiga kamaytirishi kerak. Kam vaznli xomiladorlar ovkatni asosiy tarkibini saklagan xolda ratsion kaloriyasini oshirish kerak.
- Xomiladorlik davrida va undan keyin ovkatlanish ratsioni xar xil bulishi shart
- Birinchi uch oylikda oksilga boy maxsulotlar (gushtning yogsiz turi, tovuk gushti, tuxum)
- Tez erimaydigai va yengil xazm bulmaydigan yoglarni kamrok iste’mol kilish tavsiya etilmaydi. Usimliklar yogida xomiladorlik rivojlanishi uchun zarur bulgan Ye vitamini yetarliligi tugrisida ma’lumot bering.
- Konditer maxsulotlari, rafinirlangan kandlar, konfet, murabbo iste’moli cheklanishi kerakligi tugrisida ayting. Xomilador uchun foydali bulgan uglevodlar usimlik tukimasida mavjudligi tugrisida ma’lumot bering (kora non, meva va sabzavotlar)
- Ovkat istemol kilish kunlik ratsion kaloriyasi xisobida rejalanadi.
- Kunlik ratsionda kerakli mikdorda mikroelementlarning bulishi shart.
- Kun mobaynida ovkat maxsulotlarini tugri taksimlash lozim: gusht, balik gushti va tuxum nonushta va tushlik vaktida istemol kilinishi, kechki ovkat sut va usimlik maxsulotlaridan tarkib topishi zarur.
- Ovkatlanish rejimi kuniga 4-5 marta. Shuningdek suv ichish rejimini tugri rejalashtirish lozim, kuniga 2 litrdan kam bulmagan mikdorda oddiy ichimlik suvini istemol kilish.
- Xomiladorlikni yaxshi kechishida normal vazn kushish muxim kursatkich xisoblanadi. Butun xomiladorlik davrida ona vaznining 8-11 kg ga kupayishi normal kursatkich xisoblanadi. Aytib utish joizki, kg lar 4-oydan boshlab kushila boshlaydi.
- Sutkalik ratsion va ovkatning koloriyasini aniklashtirish lozim. Bunda ovkatlanish piramidasidan foydalaniщ mumkin.


Ovkatlanish piramidasi





Xomiladorlik mobaynida jiddiy kasalliklarga sabab buluvchi, listeriya kabi xavfli bakteriyalar bilan zararlangan ovkat maxsulotlarini istemol kilishdan extiyot bulish zarur. Ushbu infeksiyani oldini olish uchun istemoldan cheklash lozim:

  • Xot-doglar, gushtli delikateslar, gamburgerlar

  • Yumshok sыr va brыnza

  • Xom sut yoki xom sut saklovchi maxsulotlar.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling