Termiz davlat pedagogika instituti


Download 7.68 Mb.
bet7/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

Gul diagrammasi gul to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot beradi (100-rasm).

100-rasm. Gul diagrammasi. 1-poya; 2-gulyonbarg; 3-gulkosacha; 4-gultoji;
5-changchi; 6-urug‘chi; 7-qoplovchi barg.
Gul diagrammasini belgilash uchun quyidagi belgilar qo‘llaniladi:
Kosachabarg – killi qavsdan iborat;
Gultojbargi – yarim oysimon qovus bilan;
Changchilar – changdonning ko‘ndalang kesimining shakli bilan;
Urug‘chi – tugunchaning ko‘ndalang kesimi bilan;
Agar doiradagi gul qismlari o‘zaro qo‘shilgan bo‘lsa, belgilar tutashtiriladi.
Kerakli jihozlar: mikroskop, fotoapparat, buyum oynasi, qoplagich oyna, pipetka, ustara, yod va asetokarmin eritmasi, ochiq dala va xona sharoitidagi o‘simliklar, gerbariy materiallari, chizgich va boshqalar.
Ishni bajarish. Gul biologiyasini tirik ob’eklarda o‘rganish yaxshi natija beradi. G‘unchaning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilib, ochilishga tayyor gul, ochilayotgan va so‘layotgan gullar ajratiladi. Ikki pallali o‘simliklarda nektardonlarining tuzilishiga e’tibor qaratiladi. Gullar changchi va urug‘chilar bor-yo‘qligiga qarab, ikki va ayrim jinsli (urg‘ochi yoki erkak) gullarga ajratiladi. Bu gullarni o‘simliklarda uchrashishiga ko‘ra bir, ikki va ko‘p uyli o‘simliklarga ajratiladi.
Topshiriq:
1. Tabiiy va sug‘oriladigan maydonlarda o‘sayotgan o‘simliklarning gullaridan namunalar yig‘ishtiring.
2. Mikroskop yordamida changchi, urug‘chi gullarning tuzilishi o‘rganiladi hamda chang donachalarining shakli asetokarmin bo‘yog‘i bilan bo‘yab ko‘riladi. Fotoapparatda suratga olinadi, shuningdek mikroskopda gul qismlarining ko‘rinishi chizib olinadi. Gul formulasi yoziladi.
Gul qismlari va ularning joylanishi.
Guldagi changchilar to‘plami androtsey (andros- erkak, oikos- uy) deb ataladi. Gulda bittadan (shoyigul) bir necha yuztagacha (atirgul) changchilar bo‘lishi mumkin. Changchilar gulda 3-doirani tashkil qiladi. Ular spiral yoki doira holda joylanishi mumkin. Changchilar soni har bir oila va turkumlar uchun odatda doimiy bo‘ladi (101-rasm). Changchi ko‘pincha changchi ipidan va changdondan tashkil topadi. Changchi ipining changdonga birikkan joyi bog‘lovchi qism deb ataladi. Changchi ipi uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin. Changdon ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar tekalar deb nomlanadi. Har bir teka o‘zida chang haltalarini (chang kameralarini) saqlaydi. Bu chang xaltalarida chang yеtiladi. Chang xaltalari shakli o‘zgargan mikrosporangiylardir, changchi bo‘lsa mikrosporofil gomologidir.


Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling