Termiz davlat pedagogika instituti


Gullash biologiyasini o‘rganish


Download 7.68 Mb.
bet4/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

Gullash biologiyasini o‘rganish

  1. Gul yoki to‘pgulning morfologik tuzilishi, gul qismlarining soni, rangi, uning o‘zgarishi, changchi va urug‘chi fazalari.

  2. Sutka davomida birinchi gul ochilishidan to oxirgi gul ochilishigacha bo‘lgan vaqtlarni aniqlash. Kuzatish mobaynida havo harorati va havo nisbiy namligi bir vaqtda o‘lchab boriladi.

  3. Mavsumiy gullashi esa yilning turli meteosharoitlarida gul ochila boshlashidan, gullash yakunigacha kuzatiladi.

  4. Gullashning turli davrlarida sutkalik gullash dinamikasining o‘zgarishi (gullashning boshlanishi, yalpi (yoppasiga), yakuni), shuningdek, kunning turli meteosharoitlarida (juda issiq, shamol, bulutli, yomg‘irli va boshqa sharoitlarda) o‘rganiladi.

II. Changlanish biologiyasi
1. Changlatuvchi hasharotlarning turlar tarkibi aniqlanadi.
2. Changlanish tiplari: avtogamiya, geytenogamiya, ksenogamiya va boshqalar o‘rganiladi.
3. Changlanish usullari: anemofiliya, entomofiliya, zoofiliya va boshqalar.
4. Gullash davri davomida changlanish usullari va tiplarini o‘zgarishi (gullash: boshlanishi, yalpi (yoppasiga), yakuni) va ekologik omillarning ta’siri (harorat, nisbiy namlik, ochiq va bulutli kunlar, yomg‘irli kunlar va b.) aniqlanadi.
5. Ekologik omillarning ta’sirida gullash boshlanishi, yalpi (yoppasiga) va yakunida gulga changlatuvchi hasharotlarning sutkalik kelib-ketishi dinamikasini o‘rganiladi.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Antekologiyaning asosiy tadqiqot metodlari tavsifini takrorlang.

  2. Kuzatish va tajriba o‘tkazish metodlari orasidagi farqlarni ajrating.

  3. Kuzatish va tajriba ishlarini bajarishda qo‘yiladigan asosiy talablarni tahlil qiling.

  4. Tavsiflash metodining o‘ziga xos tomonlarini aniqlang.

  5. Okulyar-mikrometr va ob’ektiv-mikrometrlarni ishlatish usullarini o‘rganing.

  6. Lyuksmetrni ishlatib ko‘ring. Turgan joyingizga tushayotgan yorug‘lik miqdorini aniqlang .

  7. Asman psixrometridan foydalanib, xona haroratini aniqlang. psixrometrik jadval yordamida havoning nisbiy namligini hisoblab chiqing.

Adabiyotlar:

  1. Qarshiboev X. K. Antekologiya.- Guliston. -2004. 36 b.

  2. Qarshiboev X. K. Antekologiya.- Guliston. -2008. 84 b.

  3. Mustafoev S., Holmurodov A. O‘simliklar bioekologiyasi. -T.: O‘qituvchi. 1992. 200 b.

  4. Цитологическая и цитоэмбриологическая техника. Методические указания. -Ленинград. 1981. 119 с.


Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling