Texnologiya fanini o’qitishda kompetensiyaviy yondashuvlar Ma’ruza mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadlar


Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 20.78 Kb.
bet6/6
Sana04.11.2021
Hajmi20.78 Kb.
#170695
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу назарий ёндашув матн

Milliy va umummadaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o’quvchilarda shakllantiriladi.

Shuningdek, har bir texnologiya fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o’quvchilarda fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Jumladan,

1. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi.

2. Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operasion kompetensiyasi.



3. To’g’ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi.

TOPShIRIQLAR

Grafikli organayzerlar asosida ishlab chiqilgan mavzuga oid topshiriqlar keltirilgan bo’lib, ularda keltirilgan savollarning javoblarini toping va misollar bilan tushuntirib bering.
Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling