O’zbek tili 213B guruh talabasi Sirojiddinova Shaxnozabonu


Download 1.18 Mb.
Sana24.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1114719
Bog'liq
O’zbek tili 213B guruh talabasi Sirojiddinova Shaxnozabonu

O’zbek tili 213B guruh talabasi Sirojiddinova Shaxnozabonu

Mavzu: XX asr adabiyoti xususiyatlari. G'afur G'ulom, Oybek va A.Qahhor asarlarini o'qib tushunish

  • XXasr o’zbek adabiyoti xususiyatlari. G’afur G'ulom, Oybek Abdulla Qahhor asarlari.
  • XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafakkuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir tamoyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi.
  • Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qoʻqon — 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928)
  • Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may — 1966-yil 10-iyun) — oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.1 — Toshkent — 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).

Adabiyotlar

Bat L., Koshchanov M., Aybek. Kritikobiograficheskiy ocherk, M., 1966; Yoqubov H., Adibning mahrrati, T., 1966; Karimov N., Oybek, T., 1985; Karimov N., Oybek gulshanida kilgan gʻunchalar, T., 1985


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling