Texnologiyalari universiteti urganch filiali mustaqil ish
Download 94.15 Kb.
|
Amaliy dasturiy paketlar mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matritsalarni Matlab buyruqlari yordamida hosil qilish
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI MUSTAQIL ISH FAN NOMI: Amaliy dasturiy paketlar Mavzu: Matlabda vektorlar va matritsalar bilan ishlash Bajardi: Sulaymonov Bekzod Urganch 2023 MATLABDA VEKTORLAR VA MATRITSALAR BILAN ISHLASH Reja: Vektorlar va matritsalarni Matlab tizimi buyruqlari yordamida hosil qilish Vektorlar va matritsalarni birlashtirish Matritsalardan vektorlar va matritsalar hosil qilish Matlabning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, u ma’lumotlarni tashkil etishning matritsalar usulidan foydalanadi. Matlab dasturiy kompleksida matritsa - bu ma’lum tartibdagi satrlar va ustunlardan tashkil topgan sonli qiymatlar to‘plamidir. Matritsa elementlarining to‘liq ro^atini kiritish oddiy usul bo‘lib, bunda matritsa elementlari kvadrat qavs “[” va “]” lar ога^^а kiritiladi. Uning satr elementlari probel yoki vergul orqali ajratib ko‘rsatiladi va satrni tugashi nuqta- vergul (;) bilan belgilanadi. Matlabda matritsa elementlarini bir nechta usulda kiritish mumkin: matritsa elementlarining to‘liq ro^atim kiritish; tashqi fayldan matritsa elementlarini yuklash; ichki funksiyadan foydalangan хolda matritsa elementlarini ishlab chiqish; M-faylda mavjud funksiyalar orqali matritsa elementlarini хosil qilish. Matlabga matritsalarni kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: >> A=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9] yoki >> A=[1,2,3;4,5,6;7,8,9] laming natijalari bir xil bo‘ladi va u quyidagicha bo‘ladi:
Matritsa elementlari algebraik ifodalar bilan ham aniqlanishi mumkin. Masalan, a=[sin(pi/2) sqrt(2) 3+4 6/3 exp(2)] ifoda ushbu a=[1.0000 1.4142 7.0000 2.0000 7.3891] matritsani aniqlaydi. MATLAB - vektorlar, Matritsalar va massivlar ustida murakkab hisoblarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus tizimdir. Bunda u har qanday berilgan o‘zgaruvchini, uning konkret qiymatiga asoslanib vektor, Matritsa yoki massiv deb qabul qiladi. Masalan, H=1 berilgan bo‘lsa, demak X qiymati 1 ga teng bo‘lgan yagona elementli vektor. Agar uch elementli vektorni berish zarur bo‘lsa uning elementlarining qiymatlarini probellar bilan ajratib kvadrat qavs ichida yozib chiqish kerak. Misol uchun » V=[l 2 3] V= 2 3 V vektor qiymatlari 1, 2 va 3ga teng bo‘lgan uch elementli vektorni ifodalaydi.Vektor kiritilgandan keyin uni tizim displey ekraniga chiqaradi. Matritsalar bir necha satrlarda ko‘rsatiladi. Qiymatlarga ega bo‘lgan satrlarni bir - biridan ajratish uchun; (nuqtali vergul)dan foydalaniladi. Xuddi shu belgi kiritish satrining ohiriga qo‘yilsa natija ekranga chiqmaydi. Misol uchun » M=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9]; kvadrat matritsani beradi. Endi uni ekranga chiqaramiz:
Vektorlar ustida bir qator amallarni Matlabda bajarishni keltirib o‘taylik: >> % vektorlarni elementlari bo‘yicha qo‘shish >> v1=[2 5 -1]; >> v2=[1 -1 3]; >> v1+v2 ans = 4 2 >> % vektor elementlarini songa qo‘shish >> v1+2 ans = 7 1 >> % vektor elementlari bo‘yicha arifmetik amallar >> 2*v2-v1/4 ans = 1.5000 -3.2500 6.2500 >> % vektor elementlari bo‘yicha ko‘paytirish >> v1.*v2 ans = -5 -3 >> % element bo‘yicha darajaga ko‘tarish >> v1A2 ans = 4 25 1 >> % element bo‘yicha darajaga ko‘tarish >> v!Av2 ans = 2.0000 0.2000 -1.0000 >> % elementlari bo‘yicha songa ko‘paytirish >> v1./3 ans = 0.6667 1.6667 -0.3333 >> % elementlari bo‘yicha vektomi vektorga bo‘lish >> v2./v1 ans = 0.5000 -0.2000 -3.0000 Keyingi misolda MATLAB tizimini vektor amallarni bajarish uchun qo‘llash ko‘rsatilgan. Unda V=[1,2,3,4] vaV=[1 2 3 4] vektorlar bir-biriga teng, ya’ni vektor elementlarini bir - biridan probel bilan yoki vergul bilan ajratish mumkin (1-rasm). 1-rasm Matritsalarni Matlab buyruqlari yordamida hosil qilish Download 94.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling