Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
DEHQONCHILIK
l - § . Tuproqning paydo bo‘lishi va tuproq unumdorligini oshirish yoMlari. Tuproqning tarkibi va tuzilishi Tuproq va uning unumdorligi. Yerning ustki g‘ovak va hosil beradi- gan unumdor qatlami tuproq deyiladi. Tuproqda organik va mineral moddalar, suv, havo, mikroorganizmlar bo‘ladi. Tuproq unumdorli gi deb o ‘simlikning o ‘sishi va rivojlanishi uchun ulami zarur oziq moddalar bilan, suv, havo kabi hayotiy sharoitlar bilan o ‘z vaqtida ta’minlab turish qobiliyatiga aytiladi. Tuproqning unumdorligini oshirish- da uning tarkibini, qanday paydo bo‘lganligi haqida tegishli tushun- chaga ega bo'lish zarur. Tuproq tog‘ jinslarining million yihar mobaynida parchalanishidan hosil bo‘lgan. A w al tog‘ jinslaridan tuproqning mineral qismi paydo b o ‘lgan. S o ‘ngra unga o ‘sim lik, hayvonot va m ikroorganizm (bakteriya)lar ta ’sir etib, organik modda hosil qilinishiga sabab bo‘ladi. Tuproqdagi chirish, parchalanish va soddaroq moddaga aylanish, ha- lok bo‘lgan mikroorganizmlar, bakteriyalar tufayli sodir bo‘ladi. Tup roq tarkibidagi suvda oson eriydigan moddalar o ‘simlik uchun oziq hisoblanadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar natijasida azot hosil bo‘lib, u azot tuziga aylanadi va undan o‘simlik oziqlanadi. Paydo bo‘lgan organik moddalar batamom parchalanmaydi. Ularning bir qismi gu- mus-chirindiga aylana boradi. Gumus — tuproqdagi o ‘simlik, mikroorganizmlar va hayvonot qoldiqlaridan tashkil topgan organik modda bo‘lib, bir qismi chirig- an, bir qismi chirish jarayoni natijasida o ‘zgargan, to ‘q tusli va mu- rakkab tarkibli, organik birikmali chirindidir. Gumusda o'simlik hay- oti uchun zarur oziq moddalaming barchasi mavjud. Shuningdek, gumusda yopishtirish xususiyati bo‘ladi. Tuproqdagi suv va havo o‘simlik uchun eng zarur omildir. Tuproqda tabiiy unumdorlik bo ‘ladi. Tabiiy unumdorlik tabiiy omillar (tuproq, ona jins, o ‘simlik, hayvonot ola- mi, iqhm, relyef) ta ’sirida unumdorlikka ega bo‘ladi. Undagi oziq 6 moddalardan o'simlik foydalanadi. Biroq inson ishtirokida yer ishlan- ishi, yerga organik va mineral o‘g‘itlar solinishi, tuproqning meliora- tiv holatini yaxshilash yo‘lida qilingan agrotexnik tadbirlar hisobiga tuproqda sun'iy unumdorlik vujudga keladi. Sun'iy unumdorlik doimo amalga oshirib boriladi. Paxtasi yig‘ib-terib olingan maydonlarda g‘o ‘zapoyalarni maydalab, shudgor qilinganda yerda organik o :g‘itni ko‘paytiradi. G ‘o ‘zapoyasi maydalab haydalgan yerda har yili yerga solinadigan N ning 23%i, P-ning 30%iga.tengdir. Tuproqning tarkibi. Tuproq qattiq, suyuq va havo namidan, o‘simlik, hayvonot qoldiqlari hamda mikroorganizmlardan iborat bo‘ladi. Tup roqning qattiq qismiga turli shakldagi mineral va organik moddalar kirib, ular ko‘proq turiga qarab har xil bo‘ladi. Suyuq qism — suv va suvda erigan moddalar o'sim liklam ing o'sishiga kerak bo‘ladi. Tuproq zarrachalari orasida bo‘shliq bo‘ladi. Bo‘shliqqa havo to'lgan bo‘lib, bundan o‘simlik ildizlari, mikroorga- nizmlar nafas oladi. Tuproq zarrachalarining har xil kattalikda bo‘lishi unumdorlikka olib keladi. Buni bilish uchun tuproqni har xil katta- likdagi ko‘zi bo‘lgan elaklarda elab aniqlaymiz yoki tuproqni suvda loyqalatish yo‘li bilan o ‘rganamiz. Suvda yirik zarrachalar mayda zarrachalarga nisbatan tezroq cho‘kadi. Tuproqning mexanik tarkibi quyidagi zarrachalaming katta-kichikli- giga qarab belgilanadi. Tuproq zarrachalaiini mexanik elementlar deb aytamiz. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling