Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Abdurasulov G‘ulomjon
Tarmoqlar texnologiyasi. Qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot yo‘nalishidagi kasb- 
hunar kollejlarining talabalari uchun o ‘quv qo‘llanma / G ‘.Abdurasulov, Sh. 
Mamatqulov; M as’ul muharrir O. Mirzayev; O'zbekiston Respublikasi oliy va 
o'rta maxsus ta ’lim vazirligi. — Т.: Iqtisod-moliya, 2007. - 240 b. 
Mamatqulov Sh.
BBK 40.7я722
ISBN 978-9943-13-025-8
© «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2007 
© G‘. Abdurasulov, Sh. Mamatqulov, 2007


K IR IS ! !
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov II cha- 
qiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasidagi nut- 
qida shunday degan edi: — «Ma’lumki, bizga eski tuzumdan bir to- 
monlama rivojlangan, nochor va zaif iqtisodiyot meros qolgan edi. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridagi murakkab iqtisodiy holat
Sobiq sho‘ro tizimida 0 ‘zbekistonga asosan arzon xomashyo mintaqasi 
sifatida joy ajratib, birinchi navbatda uning bo‘yniga paxta, oltin, 
qimmatbaho va strategik xomashyo yetkazib berish yuklatilgani, ayni 
vaqtda aholi uchun zarur bo'lgan asosiy iste’mol tovarlari va oziq- 
ovqat mahsulotlari, jumladan, g‘alla va don, go‘sht va sutning ak- 
sariyat qismi respublika tashqarisidan keltirilishinirig oqibati edi».
Prezidentimiz va hukumatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 
alohida e ’tibor qaratib qator farmon va qarorlar qabul qilindi.
Endilikda qishloqda yer va mulk o‘z egasini topishi “Fermer xo‘jaligi 
to ‘g‘risida” gi, “Yer to ‘g‘risida” gi kabi qator qonunlar bilan huqu- 
qiy jihatdan mustahkamlandi.
Xususan, Prezidentimizning 2003-yil 24-martdagi “Qishloq xo‘jaligida 
islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi, 
2003-yil 27-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlan- 
tirish konsepsiyasi to‘g‘risida” gi farmonlari, shu masaladagi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari qishloqda fermerchilik harakatini rivojlantirishga 
yo'naltirildi. Natijada zarar ko‘rib ishlayotgan shirkat xo‘jaliklari bazasida 
fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi nihoyasiga yetkazildi.
Shunday qilib, fermer xo‘jaliklari yer, suvga, texnikaga va boshqa 
vositalarga ega bo‘ldi, xususiy mulkchilik shakllandi. Ulaming musta- 
qil ish yuritishlari uchun muqobil texnikadan, har bir tumandagi 
mashina, traktor parkidan foydalanishga imkon yaratildi hamda im- 
tiyozli kreditlar berish yo'lga qo‘yildi.
0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxtachilik o‘z o‘mi va mavqeyini oshirib 
bormoqda. Qudratli traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari va mineral 
o ‘g‘itlar bilan qishloq xo‘jaligini ta’minlash yanada yaxshilandi.
з


Seleksionerlar keyingi yillarda ko‘plab g‘o ‘zaning yangi, intensiv 
navlarini yaratdilar va bu borada ishlar jadal davom ettirilmoqda. Endi- 
likda bug‘doyning ertapishar va serhosil navlari yetishtirishni rayon- 
lashtirilgan holda amalga oshirish bilan tabiat va iqiiin sharoitiga moslash- 
gan, samaradorligi yuqori bo‘lgan navlar yaratilishi doncliilikning 
yuksak rivojlanishini ta ’minladi. Bu esa, yetishtirilayotgan g’allaning 
respublikamiz ehtiyojidan ortiq qismini eksport qilishga itnkon tug'dirdi. 
G ‘allachilik iqtisodiyotimiz rivojining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Qishloq xo' jaligimng tarkibiy qismi bo‘lgan chorvachilik tarmog‘ida 
keyingi yillarda hayvonlar zotini yaxshilash bo‘yicha yetarli jsh olib 
borilmayotgani, oqibatda tarmoq mahsuldorligining kamayishiga yo‘l 
qo‘yilayotgani Prezidentimizning 2007-yil fevral oyidagi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yilda mamlakatni ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy islohotlami 
chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
majlisidagi nutqida alohida ta’kidlab o ‘tildi.
Endilikda respublikamizda chorvachilikni rentabellik tarmoqqa ay- 
lantirishga jiddiy kirishildi.

Xalqimizning farovon turm ushi va to :kin dasturxoni qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqligi tarmoqda tub 
islohotlami jadal davom ettirishni taqozo etmoqda. Bunda qishloq 
xo‘jaligi uchun zamonaviy talablarga javob bera oladigan yetuk kadrlar 
tayyorlash alohida o ‘rin tutadi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablari asosida o ‘rta max- 
sus kasb-hunar ta ’limi tizimida zamonaviy texnik vositalar, jihozlar 
va moddiy texnika bazasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar 
kollejlarining samarali faoliyat ko'rsatishini ta ’minladi.
Qishloq xo'jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi kollejlaming asosiy 
qismida “Tarm oqlar texnologiyasi” fani tasdiqlangan o'quv rejaga 
asosan o £qitilishi ayni muddaodir.
Ushbu kollejlaming o ‘quv adabiyotlari bilan ta ’minlanish dara- 
jasi o ‘rganib chiqilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta ’lim vazirligi, 0 ‘rta maxsus kasb-hunar Markazi, Andijon viloyat 
kasb-hunar boshqarmasi tavsiyalari bilan Oltinko‘1 iqtisodiyot kolleji 
professor-o‘qituvchilari Shukuijon Mamatqulov va G ‘ulomjon Ab­
durasulov tom onidan amaldagi o ‘quv dasturi asosida ushbu o ‘quv 
qo‘llanma tayyorlanlar.
0 ‘quv qo‘llanmani tayyorlashda asosan endigina 9-sinfni bitirib 
kelgan yosh o‘quvchilaming biUm darajasi, dunyoqarashi va ushbu
4


fanni o ‘zlashtirishga oid imkoniyatlarini hisobga olib, soddaroq tilda 
yozilishiga harakat qilindi.
M atnlar fotosurat, chizma va soddalashtirilgan masala hamda mi- 
sollar bilan bog‘langan holda bayon qilib berildi.
Qo'llanma dehqonchilik va chorvachilikdan iborat ikki bobdan tash­
kil topgan. “Dehqonchilik” bobida 0 ‘zbekiston tuproqlari va unga ishlov 
berish, meliorativ tadbirlami qo‘llash usullari, o'simliklaming o ‘sish 
va rivojlanishi, o ‘g‘itlar va undan foydalanish, urugiam i tayyorlash, 
kuzgi bug‘doy va g'o'za o ‘stirishdagi ilg‘or tajriba hamda agrotexnik 
texnologiyalami joriy etish, o‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga 
qarshi kurash, yem-xashak, sabzavot va meva yetishtirish usullari 
hamda yer va undan foydalanish tartiblari yoritilgan. “Chorvachilik” 
bobida esa, hayvonlar anatomiya va fiziologiyasi, organlar va ularning 
vazifalari, chorva hayvonlarini boqish, asrash, sifatli yem-xashak bi­
lan ta ’ininlash, naslchilik ishlari, zooveterinariya tadbirlarini amaliyot- 
ga bog‘lash bilan ularning nasUni yaxshilash hamda mahsuldorligini 
oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berishga e ’tibor qaratildi.
0 ‘quv qoilanm ani tayyorlashda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi- 
denti Islom Karim ovning farm onlari, V azirlar M ahkam asining 
qarorlari, m a’ruzalari mazmunlaridan keng foydalanishga harakat 
qilindi. Bundan tashqari, shu yo‘nalishdagi chop etilgan darslik, 
o‘quv qo ‘llanm alar va ilmiy maqolalar ham da ayrim xo‘jaliklarning 
tajribalaridan ham foydalanildi.
Fan o ‘simlik va hayvonot olamining biologiyasini, anatomiya va 
fiziologiyasini, o ‘simlik o ‘stirishda tuproqni boyitish usullarini, chorva 
hayvonlaridan mahsulot olishni ko‘paytirishni, mexanizatsiyadan 
unumli foydalanishni o ‘rganadi.
Qishloq xo‘jalik fani oldiga ekinlardan yuqori va sifatli, arzon m ah­
sulot yetishtirishdan, aholining, sanoatning qishloq xo‘jalik rnahsu- 
lotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan, yerdan unumli foydalanish- 
dan, sifatli va to ‘yimli yem-xashak yetishitirish, hayvonlami m e’yor 
asosida boqish bilan mahsuldorlikni ko‘paytirishdan, chorva hayvon- 
lari naslini yaxshilab borishdan iborat muhim vazifalar qo‘yiladi.
Ana shunday keng qamrovli vazifalami oldiga qo‘ygan fanga oid 
o‘quv qo‘llanma yaratilishi kamchiliklardan holi bo‘lmasligi tabiiy 
deb hisoblaymiz. Mualliflar nuqsonlar va kamchiliklar yuzasidan fikr 
mulohazalarini bayon qilgan mutaxassis, kasbdosh va o ‘quvchilarga 
o ‘z minnatdorchiligini oldindan izhor qiladi.
5



Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling