Tibbiy bilim asoslari


O`tkir kolit kasalligida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet22/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

O`tkir kolit kasalligida tibbiy yordam.
O`tkir kolit – yo`gon ichak shilliq qavatining yallig`lanishi.
Sababi. Mikroblar bilan zararlangan, buzilgan taomlarni iste`mol qilish natijasida sodir bo`lishi mumkin.
Belgilari. Qorinning yo`gon ichak yo`nalishi bo`ylab, ya`ni o`ng, o`rta chap sohalarida o`qtin-o`qtin g`ijimlovchi va sanchuvchi kuchsiz og`riq, tez-tez hojatga borish, hojat paytida kuchanish, najasini shilimshiq aralash bo`lishi.
Davolash. O`tkir enteritni davolashga qo`llaniladigan preparatlar va parhezlari qo`llaniladi. Shipovnik (namatak) mevasi damlamasi yaxshi foyda beradi. 100 ml suvga 2 dona shipovnik mevasi solinib dimlanadi va 50 ml dan sovutib ichiladi.
Xoletsistit kasalligida tibbiy yordam.
Xoletsistit – o‘t pufagining yallig‘lanishi.
Sababi. Tonzillit, ich terlama, gepatit kasalliklarning asorati sifatida yuzaga keladi.
Belgilari: O‘ng qovurg‘a osti, ya’ni qorinning o‘ng tomonida yuqori sohasida vaqti-vaqti bilan og‘riq seziladi.Yog‘li, qovurilgan ovqat iste’mol qilinganda 1-2 soat o`tgach og‘riq zo‘rayadi, ba‘zida og‘riq juda kuchli bo‘ladi. Bemor qayt qilishi mumkin. Xoletsistit kechish davriga qarab, o`tkir va surunkali davrlarga bo`linadi. Bemorga tibbiy yordam ko`rsatish va davolashda kasallikning kechish bosqichiga e`tibor berish katta rol o`ynaydi.
Tibbiy yordam.
1. Bemorni chalqancha yotqizib, oyoqlarini tizza bo`g‘imidan bukib, qorinni paypaslab, og‘riq soha aniqlanadi.
2. O‘ng qovurg‘a osti sohasiga issiq grelka qo‘yiladi.
3. Issiq shirin choy, mineral suv tez-tez ichiriladi, tarvuz beriladi.
4. No-shpa tabletkasi ichiriladi.
5. Og‘riq kuchli bo‘lsa:
- platifillin 0,2 %-1ml teri ostiga yoki no-shpa-2 ml muskul orasiga yuboriladi;
- og‘riq kuchli bo‘lganda baralgin 5 ml muskul orasiga yuborish mumkin. Allaxol, galstena 1-2 tab. ovqatdan keyin 3 marta ichishga.
O’t-tosh kasalligi xoletsistitga o‘xshash belgilar bilan kechadi.
Tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi ham o‘xshash, ammo og‘riq tez-tez xuruj qilaversa, o‘t pufagidagi yoki o‘t yo‘llaridagi toshchalar jarrohlik usuli bilan olinadi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling