Tibbiy bilim asoslari


Me`da va ichaklardan qon ketganda tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet21/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Me`da va ichaklardan qon ketganda tibbiy yordam
Sababi. Me`da va ichaklarda yara bo‘lganda, suyak yoki boshqa o‘tkir buyum yutib yuborilganda ro‘y beradi.
Belgilari. Bemor qon qusadi yoki najas bilan ichakdan qon ketadi. Bemorni rangi oqaradi, boshi aylanadi, tomir urishi tezlashadi, qo‘l-oyoqlar sovuydi, ba‘zida hushidan ketishi mumkin.
Me`da va ichakdan qon ketishi o`tkir yoki surunkali bo`lib, uning ayrim belgilari bir-biridan farqlanadi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor qulay vaziyatda yotqiziladi.
2. Arterial qon bosimi o‘lchanadi.
3. Qorin devori ustiga muzli xaltacha qo‘yiladi.
4. Vikasol, kalsiy glyukonat tabletkalaridan birortasi ichishga beriladi va in`yeksiya qilinadi.
5. Shifokor ko‘rsatmasi bilan atropin 0,1 % -0,5-1 ml teri ostiga yuboriladi.
6. Poliglyukin 300-500 ml, glyukoza 5-10 % - 300-500 ml, natriy xlor 0,9 % -100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
7. Bemorga qon guruhiga mos keladigan yangi qon 100-200 ml yoki 50-100 ml plazma quyiladi;
8. Agar bu davo tadbirlari natijasiz bo`lsa, jarrohlik yo`li bilan qorin devori ochilib qon ketayotgan tomirlarni tikib, to`xtatiladi.
O`tkir enterit kasalligida tibbiy yordam.
O`tkir enterit – ingichka ichak shilliq qavatining yallig`lanishi.
Sababi. Mikroblar bilan zararlangan, buzilgan, aynigan ovqatlarni iste`mol qilish.
Belgilari. Qorinning kindik atrofi sohasida o`qtin-o`qtin g`ijimlovchi og`riq, ichaklarda quldirash, tez-tez ich ketishi, najasi suyuq, ozroq shilimshiq aralash, badbo`y hidli, ko`pikli bo`ladi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor tushakka yotqiziladi.
2. Suyuq, yumshoq, oson hazm bo`luvchi taomlar, suyuq qatiq (kefir 2 kunlik) tavsiya etiladi.
3. Mikroblarga qarshi quyidagi dorilar: levomitsitin 0,5 kuniga 4 marta bolalarda 0,1-0,25 furazolidon, 0,1 kuniga 4 marta, bolalarga yarim dozasi (kattalar dozasining).
4. Kasallik og`ir kechganda levomitsitin suksinat muskul orasiga yuboriladi yoki rifambitsin 0,3 kuniga 3 marta.
5. Glyukoza 5 % - 100-150 ml gemodez 50-100 ml, reopoliglyukin 100-150 ml tomchi usulida, shuningdek, disol, trisol eritmalari tomchi usulida yuboriladi.
6. Ovqat yaxshi hazm bo`lishi uchun digestal, mezim, panzenorum dorilari ovqatndan keyin qabul qilinadi.
7. Qorinda og`riq bo`lsa no-shpa, espumizan, mezim, alumag, platifillin, droperidol tabletkalari birortasi beriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling