3-variant Ovqatning og’izda, mе'dada, ichaklarda hazm bo’lishi va so’rilishining xususiyatlari?


Download 16.29 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi16.29 Kb.
#139133
Bog'liq
3-variant


3-variant

  1. Ovqatning og’izda, mе'dada, ichaklarda hazm bo’lishi va so’rilishining xususiyatlari?

  2. Organizmni chiniqtirishning axamiyati?

  3. Quyosh nurida chiniqtirish?

Ovqat hazm qilish sistemasi — odam va hayvonlar organizmida oziqmoddalarning qayta ishlanishi va hazm boʻlishini taʼminlaydigan organlar majmui. Koʻpchilik bir hujayralilar (mas, amyoba)da Ovqat hazm qilish sistemasi.q.s. funksiya-sini ovqat hazm qilish vakuollari bajaradi. Bundan tashqari, ayrim bir hujayralilar (mas, tufelka)da oziq kiradigan (ogʻiz, halqum) va oziq qol-diqlari chiqadigan maxsus teshikchalar ham boʻladi. Tuban koʻp hujayralilar (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ichaksiz turbellariyalar)da oziq maxsus hujayralar ichida hazm boʻladi. Umurtqasiz hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. juda xilma-xil. Eng oddiy tuzilgan hayvonlar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. ogʻiz teshigi bilan boshlanadigan va shu teshik bilan tamom boʻladigan gastral boʻshliqdan iborat.

Organizmni chiniqtirish -organizmning noqulay iqlim sharoitlari (havoning past va yuqori harorati, past atmosfera bosimi va boshqalar) taʼsiriga chidamini oshirish tadbirlari. Organizmni chiniqtirishni bolalikdan boshlash muhim. Odam organizmi oʻzgarib turadigan tashki muhit sharoitlariga muvofiqlashgan holda (qarang Adaptatsiya) chiniqib boradi. Biror omil (sovuq, issiq va boshqalar)ning muntazam, koʻp marta taʼsir etishi va ular dozasini tobora oshira borish yoʻli bilan chiniqtiruvchi effektga erishiladi, chunki shunday sharoitlardagina organizmda moslashadigan uzgarishlar rivojlanadi: neyrogumoral va moddalar almashinuvi jarayoni takomillashadi, atrof muhitdagi no-xush omillar taʼsiriga organizmning umumiy qarshiligi oshadi. Organizmni chiniqtirishga organizmning muayyan fizik omillar taʼsiriga sezuvchanligini astasekin pasaytirish orqali erishiladi. Chunonchi, maʼlum darajadagi sovuq bilan muntazam taʼsir koʻrsatish, asosan, past harorat taʼsiriga, issiq bilan taʼsir koʻrsatish esa yuqori harorat taʼsiriga chidamlikni oshiradi. Organizmning sovuqqa chidami oshirilgan bulsada, issiqqa yoki past atmosfera bosimi va boshqalarga chidash bera olmaydi. Chiniqtiruvchi muolajalar toʻxtatilgandan sung chiniqish kuchi pasayadi va, odatda, 1 — 1,5 oydan keyin biror xil fizik omilga chidamlilik yoʻqoladi.

Quyosh nurida chiniqish 
Quyosh nuri оrganizm uchun kuchli ta’sir qiluvchi faktоr hisоblanadi. Quyosh yorug’i ko’zga ko’rinadigan (qizil, sariq, yashil, havо rang, ko’k binafsha) hamda o’zga ko’rinmaydigan (infraqizil, ultrabinafsha) nur-lardan tashkil tоpadi. Infraqizil nurlarning uzunligi - 700 mmk dan ziyod, ko’zga ko’rinadigan nurlarning uzunligi esa 400 dan tо 760 mmk ga qadar, bo’ladi. Atmоsfеra infraqizil nurlarning 40% ga yaqinini, ko’zga ko’rinadigan nurlarning 60% ini va ultrabinafsha nurlarning 90% ini tutib qоladi. Quyosh ufqqa qanchalik yaqin bo’lsa, quyosh nurlarining atmоsfеra bo’ylab o’tadigan yo’li shuncha kam bo’ladi va ularning faоlligi ham shuncha yuqоri bo’ladi.
Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling