lyambliyalar qoʻzgʻatadigan invazion kasallik. Odamlarda L. ni Lamblia intestinalis qoʻzgʻatadi. Lyambliyalarning harakatchan (vegetativ) va harakatlanmaydigan (sista) shakllari bor
Download 14.8 Kb.
|
12-mavzu p
Lyamblioz (lambliosis) — lyambliyalar qoʻzgʻatadigan invazion kasallik. Odamlarda L.ni Lamblia intestinalis qoʻzgʻatadi. Lyambliyalarning harakatchan (vegetativ) va harakatlanmaydigan (sista) shakllari bor. Kasallik manbai lyambliyalar bilan zararlangan kishi hisoblanadi. Lyambliyalar sogʻlom odamning meʼda-ichak yoʻliga tushib, ingichka ichakda koʻpayadi va uning shilliq pardasini zararlaydi. Ular ingichka ichakdan yoʻgʻon ichakka oʻtib (bu yer ular uchun noqulay sharoit hisoblanadi), oʻz harakatini yoʻqotadi va sis-talarga aylanadi. Ular najas bilan tashqariga chiqadi. Lyambliya sistalari tashqi muhitda yaxshi saqlanadi. Kasallik lyambliya tushgan ovqat (ayniqsa, meva va sabzavotlar) isteʼmol qilinganda va suv ichilganda, shuningdek, kir qoʻl va roʻzgʻor buyumlari orqali yuqadi. Turli geografik mintaqalarda katta yoshdagi axrli orasida 5—12% hollarda najasda sista topiladi. L. aksari bolalarda uchraydi. Klinik belgilari zararlangan aʼzoga qarab har xil boʻladi. Koʻproq ichak va oʻt yoʻllari zararlanadi. Baʼzan kasallik alomatlari roʻyrost koʻrinmay, enterit, xoletsistit va h.k. bilan birga kechishi ham mumkin. Tekshirish chogʻida najasdan lyambliyalarning sistasi, oʻt (safro)dan uning vegetativ shakllarini topish mumkin. L.ning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Davosi: kasallikning kechishiga qarab trixopol, furazolidon, aminaxinol va boshqa buyuriladi. Oʻzbekistonda L.ningturli jixatlari professor N. A. Dehqonxoʻjayeva tomonidan chuqur oʻrganilganAmyobiaz, amyoba dizenteriyasi – yoʻgʻon ichakning yarali yalligʻlanishi bilan kechadigan protozoy kasallik, ichburugʻning bir turi. Dizenteriya amyo-basi qoʻzgʻatadi. Kasallikda bemorning tinkasi qurib, ishtahasi yoʻqoladi, qorni ogʻrib, ichi ketadi (bir kecha-kun-duzda 5–20 va undan koʻp), suyuq najasda shilliq moddalar va qon boʻladi. Ba’zan harorat koʻtariladi (39–40°), zaharlanish alomatlari (koʻngil aynishi, qusish), jigar va boshqa a’zolarda abssess roʻy beradi. Davo choralari koʻrilmasa yoki bilar-bilmas davo qilinsa, kasallik surunkali shaklga oʻtadi. A. bilan ogʻrigan bemor kasalxonada davolanadi. Me’da-ichak faoliyati buzilganda darhol vrachga murojaat etish lozim. Balantidioz – siliar kiprikchalar – balantidiya tufayli kelib chiqadigan protozoy ichak infektsiyasi. Balantidiozning klinik ko’rinishlari yo’g’on ichakdagi yallig’lanish va yarali jarayonlarning aks etishi bo’lib xizmat qiladi va qorin og’rig’i, tenezm, qon va yiring bilan aralashgan tez-tez suyuq axlat, vazn yo’qotish, intoksikatsiya sindromi bilan tavsiflanadi. «Balantidioz» tashxisi uchun klinik va epidemiologik ma’lumotlar, sigmoidoskopiya natijalari, najas va surtmalarda balantidiyani aniqlash muhim ahamiyatga ega. Balantidiozning etiotrop terapiyasi metronidazol, tinidazol, tetratsiklin antibiotiklari, monomitsin bilan amalga oshiriladi. Download 14.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling