Tibbiyot geografiyasi referat


MAVZU: OROL BO’YI HUDUDLARINING NOZOGEOGRAFIYASI


Download 56.71 Kb.
bet21/21
Sana31.03.2023
Hajmi56.71 Kb.
#1313904
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)

MAVZU: OROL BO’YI HUDUDLARINING NOZOGEOGRAFIYASI
Orolboʻyi, Quyi Amudaryo - murakkab tabiiy geografik hudud. Maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlarida. Uning gʻarbida Ustyurt platosi chinklari, shimolida Katta va Kichik Boʻrsiq qumliklari, Shimoli-sharqida Orolboʻyi Qoraqumi, sharqda Sirdaryo deltasi, janubi-sharqida Qizilqum choʻlining shimoliy qismi, jan.da esa Amudaryoning hozirgi deltasi joylashgan. Orol dengizi Shimoli-sharqiy va janubiy qismlarida suv sathining pasayishi natijasida vujudga kelgan hududlar (Orolqum) mavjud.
Orol dengizi choʻkmasi yuqori neogenning oxiri (pliotsen)da tarkib topgan. Geologlarning fikricha, oʻsha davrda Moʻynoq yarim orol — Vozrojdeniye — Borsakelmas orollari boʻylab meridianal yoʻnalishda Ustyurt chinkining vujudga kelishi boshlangan. Orol choʻkmasini birinchi marta yuqori pliotsenda, Kaspiyning Oqchagʻil transgressiyasi davrida suv bosgan. Oqchagʻilning koʻldengiz yotqiziklari (mergel, gil, qum, qumtoshlar) O.dagi Qoʻshxonatov va Beltov balandliklarida saqlangan. Kaspiyning apsheron transgressiyasi davrida Orol choʻkmasini ikkinchi marta suv bosgan, uning yotqiziqlari (qalin qum-gil) Amudaryo deltasida toʻrtlamchi davr yotqiziqlari ostida mavjud. Oʻrta toʻrtlamchi davrda Amudaryo shimoliy tomonga buriladi. 2-ming yillikning ikkinchi yarmidan Amudaryo Orol choʻkmasiga quyilgan va daryoning hozirgi yoki Orol deltasi tarkib topib, natijada harakatdagi qumlar (barxanlar), baʼzi joylarda doʻng va kichik marzali qum shakllari hosil boʻlishi boshlangan. Oʻsha davrda Amudaryoning Oqchadaryo deltasi vujudga kelgan. U shimoliy va Shimoli-sharqda Sirdaryoning qad. Janadaryo deltasi bilan birlashgan. Hozirgi u yerda qum relyef shakllari pliotsenning gil, qumtosh, mergel, togʻ jinslaridan tashkil topgan qoldiq balandliklar (Buzgul — 95 m, Uchtagan — 414 m, Jomontov — 102 m va boshqalar) bor.
Download 56.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling