Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Usulning asosi. Yog‘larning aniqlash uchun qon zardobiga konsentralangan
sulfat kislota qo‘shiladi. Sulfat kislota yog‘larni gidrolizlaydi. Parchalanishdan hosil
bo‘lgan mahsulot sulfanilamid reaktivi bilan rangli birikma hosil qiladi. Hosil bo‘lgan
rang zichligidan yog‘ miqdori hisoblab topiladi. Rang zihligi kolorimetrda
o‘lchanadi.
Tekshiruv material: qon zardobi (muzlatilgan holda 5-6 kun saqlanishi mumkun).
Reaktivlar: konsentrlangan sulfat kislota, fosforvanilin aralashmasi (4 qism konsentrlangan fosfor
kislota va 1 qism 0,6%li vanillin kislota).
Kerkli anjomlar. Quruq probirkalar, pipetkalar, suv hammomi, FEK, 0,5 sm qalinlikdagi kyuvetlar.
Bajariladigan ish tartibi. Tekshiruv va nazorat tajriba probirkalari jadvalga binoan tayorlanadi (butun guruh
uchun bitta nazorat tajribasi yetrlibo‘ladi). Sulfat kislota silindrda o‘lchanadi.
59-jadval
Probirkalar
Qon zardobi, ml
Distillngan suv, ml
Sulfat kislota
Tekshiruv
nazorat
0,1
-
-
0,1
5,0
5,0
1. Probirkalardagi suyuqliklar yahshilab aralashtirilad va gidrolizlash uchun
qaynab turgan suv hammomiga 10 daqiqa joylashtiriladi. Tajriba probirkalari oqib
turgan suv tagida xona haroratigacha sovitiladi. So‘ngra 0,2 ml gidrolisat quruq
probirkaga olinadi va ustiga 3 ml fosforvanilin aralashmasidan solib aralishtiriladi 45
daqiqa xona haroratida qoldiriladi.
2. Hosil bo‘lgan rangli eritmaning zichligi nazorat eritmasi qarshisida yashil
nur filtrda kalorimetrlanadi.
3. Yog‘larning umumiy miqdoridi o‘lchov egri chizig‘i bo‘yicha hisoblanadi.
Natija birligi qilib 100 ml qon tarkibidagi yog‘ miqdori (mg da) olinadi.
Olingan natijalarni rasmiylashtirish. Usulning asosini, berilgan o‘lchov egri
chizig‘ini va topilgan umumiy yog‘ miqdorini daftaringizga yozib, tegishli xulosa
chiqaring.
99-ish. QON ZARDOBIDAGI FOSFOLIPIDLARNI ANIQLASH
Fosfolipidlar yog‘lar guruhiga kirib, tarkibida fosfor bo‘ladi. Fosfolipidlar
tarkibiga ko‘p atomli spirt – sfingozin yoki glitserin, yog‘ kislotalari, fosfor kislota,


121
shuningdek xolin, etanolamin, serin yoki boshqa azot tutuvchi birikmalar kiradi. Qon
tarkibidagi fosfolipidlar lipoproteinlar komplelsida uchraydi. Sog‘lom odam qon
zardobining 100 mlda 150-380 mg fosfolipid bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolalarning
qon zardobiida fosfolipid ko‘rsatkichi kamroq bo‘ladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling