Simptom.
Balg’am — yo’talda ajraladigan nafas yo’llari va o’pkadagi kasallik
jarayonining mahsuloti. Balg’am ajralishi kasallikdan dalolat beradi.
Balg’am miqdori har xil: o’tkir bronxit va o’pka yallig’lanishining
boshlang’ich shaklida bemor bir-ikki marta oz-ozdan balg’am tuflasa, o’pkaning
yiringli kasalliklarida 1—2 l gacha ajratadi. Odatda, balg’amning hidi bo’lmaydi,
o’pkada yiringli jarayon ro’y bersa balg’am chirindi hidli yoki qo’lansa bo’ladi.
Balg’amning quyuq-suyukligi, rangi uning tarkibiga bog’liq. O’pka
yallig’lanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanish davrida rangsiz, tiniq
yopishqoq shilimshiqli balg’am ajraladi. Yiringli, suyuq ko’kimtir balg’am
o’pkaning yiringli kasalliklarida paydo bo’ladi. Qonli balg’am unga tushgan
qonning miqdori va sifatiga ko’ra har xil ko’rinishga ega. Balg’amdagi taram-taram
yoki qotib qolgan qon tuberkullyozda, o’pka shishida, bronxlar kengayishida
bo’ladi. Zang tusli balg’am o’pkaning krupoz yallig’lanishida, qizil balg’am
o’pkaning parchalanayotgan shishlarida, jigarrang yiringli balg’am o’pka
yiringlaganda va yiring bog’lagan yaraning parchalanishida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |