Balg’amda qon paydo bo’lishi bilan shifokorning shoshilinch maslahati
zarur.
Balg’am kasalliklarning, ayniqsa, silning tarqalish manbasi bo’lishi mumkin.
Balg’amni yig’ish uchun tuflagichlar ishlatiladi. Balg’am tuflay olmasdan,
uni yutib yuboradigan bemorlar tuflagichga balg’am ajratishning maxsus usullariga
o’rgatiladi.
Atrofdagilarga yuqtirmaslik maqsadida bemorga quyidagilarni o’rgatish
zarur:
1. Bevosita sog’odamlar yonida bo’lganda yo’talmaslikka harakat qilish.
Yo’talni tutib turolmasa, balg’am zarrachalari boshqa odamga tegib ketmasligi
uchun og’izni ro’molcha yoki shaxsiy salfetka bilan yopish zarur.
2. Balg’amni polga tuflamaslik kerak chunki u qurib qolayotganda havoni,
havo orqali esa sog’ odamlarni zararlaydi.
3. Balg’amni ro’molchaga tuflash yaramaydi, chunki u kiyimga tegishi
mumkin.
4. Balg’amni tuflagichga yoki maxsus moslangan shisha idishga yig’ish zarur;
ishlatishdan oldin zararsizlantirish va balg’am idishning devorlariga yopishmasligi
uchun tuflagichning 1x3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi quyiladi.
5. 2 soat mobaynida xlorli ohak bilan ishlangandan so’ng sil bilan kasallangan
bemorning balg’ami kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi (100 g balg’amga 2—3 g
quruq xlorli ohak).
Do'stlaringiz bilan baham: |