Bo’g’ilishda birinchi yordam (bo’g’ilish sababiga qarab belgilanadi):
1. Mexanik to’siqni bartaraf qilish zarur, buning uchun barmoq yordamida
og’iz va og’iz-halqum ovqat qoldiqlari shilimshiqdan tozalanadi, kirib ketgan til
salfetka yoki til ushlagich yordamida chiqarib olinadi.
2. Bo’g’ilishning barcha holatlarida kislorod terapiyasini o’tkazish maqsadga
muvofiq.
3. Mustaqil nafas olish harakatlari bo’lmaganda shoshilinch ravishda sun’iy
nafas oldirishni boshlash kerak.
Ogohlantirish: nafassiz (kislorod kelmasdan) miya 4—6 daqiqa yashashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |