Bronxiol astma xurujida birinchi yordam
1. Bemorni tinchlantiring — hissiyotli, hayajon va jismoniy zo’riqish
bronxospazmni kuchaytirishi mumkin.
2. Bemorning holati majburiy ravishda deraza, krovat, stul orqasiga tayangan
holda o’tirish yoki turishni taqozo etadi, bemorga qulay holatni egallashga yordam
bering.
3. Toza havo kirishini ta’minlang, qisib turgan kiyimlarini yeching.
4. Qator hollarda xantal, banka qo’yish va boshqa qo’shimcha muolajalar
yaxshi samara beradi.
5. Bronxlarni kengaytirish maqsadida ingalyator yordamida ingalyatsiya
o’tkazing.
6. Agar xuruj birinchi marta paydo bo’lgan bo’lsa, shifokorning shoshilinch
yordami zarur bo’ladi.
Ogohlantirish: ko’pchilik kuchli hidlar bemorda astma hurujini yuzaga
keltirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchi yoki uni davolashda yordam beruvchi
qarinndosh – urug’lar kuchli hidli atir, odekolon, krem va boshqa kosmetik
vositalardan voz kechishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |