Simptom. Nafas qisishi Yurak-tomir sistemasi funksiyasi buzilganda nafas qisishi- karbonat angidrid
gazi ortib ketganidan nafas olish markazining qo’zgalishi bilan boglik. Karbonat
angidridning ortib ketishi qon aylanishining kichik doirasida venoz to’laqonlik
oqibatida kelib chiqadi. Jismoniy zo’riqish vaqtida yurak o’ynashi bilan bir qatorda
nafas qisishning paydo bo’lishi yurak yetishmovchiligi boshlanayotganligining
dastlabki belgilaridan biri hisoblanadi. Qonda kislorod miqdorining kamayishi, qon
oqishining sekinlashishi va venoz to’laqonlik natijasida terining ko’kimtir rangi —
sianoz vujudga keladi. Yurak ishlashining buzilishi oqibatida kelib chiqqan nafas
qisishining kuchli xuruji yurak astmasi deb nomlanadi («Nafas olish» bo’limiga
qarang).