ARTERIAL BOSIM O’ZGARISHI BILAN BOG’LIK
KASALLIKLAR
Simptom. Arterial bosimning oshib ketishi
Gipertoniya - oshib ketgan arterial bosim kasalligi. U tomir tonusi asab
regulyatsiyasining buzilishi oqibatida mayda arteriyalarning uzoq vaqt qisilib
qolishi natijasidir. Odatda, bu kasallik yaxshilanish va yomonlashish davrlari bilan
uzoq yillar davom etadi. Gipertoniya kasalligining uzoq vaqt kechishi yurak, buyrak
va bosh miya funksiyalarining buzilishiga olib keladi.
Arterial bosimi oshgan bemorni parvarish qilish bo’yicha tavsiyalar
1. Shifokor buyurgan rejim ta’minlanadi.
2. Arterial bosim darajasi doimiy ravishda nazorat qilinadi.
3. Ratsional ovqatlanish va suyuqlik ichish ta’minlanadi.
4. Shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalari qabul qilinishi nazorat
qilinadi.
5. Arterial bosim keskin ko’tarilganda (gipertonik kriz) shoshilinch yordam
ko’rsatilib, tezkor shifokor maslahati ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |