Arterial bosimi oshgan bemorlarga yordam berishda quyidagilarni
e’tiborga olish zarur:
1. Ruhiy tinchlik, chuqur va davomli uyquni ta’minlash muhim ahamiyatga
ega.
2. Bemorning ratsionida osh tuzi cheklanadi; dudlama, achchiq taomlar,
kuchli bulyonlar man qilinadi; semirib ketishning oldini olish uchun ovqatning
energetik qiymatini kamaytirish zarur.
3. Asab tizimi va tomir tonusi regulyatsiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi sababli
spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekish qat’iyan man qilinadi.
4. Davolovchi terapiya tayinlanganda bemor qabul qilish qoidalari,
organizmning mumkin bo’lgan reaksiyalari (arterial bosim normadan pastga
tushishi, siydik haydovchi dorilar ta’siri va boshqalar) haqida to’liq ma’lumotlarga
ega bo’lish kerak.
5. Arterial bosimning ishchi raqamlarida bemorlar odatdagi ishlarini
bajarishlari mumkin; bo’sh vaqtning bir qismini toza havoda o’tkazishlari zarur;
uzoq bo’lmagan piyoda sayr qilish foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |