So’rilish funktsiyasi: ichak va me’da shilliq qavati orqali amalga oshiriladi.
Ekskretor funktsiyasi: modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan
mahsulotlar-o’t pigmentlari, mochevina, ammiak, og’ir metal tuzlari, dori
vositalarini ekskretsiyasi kurinishida namoyon bo’ladi.
Yo’g’on ichak mikroflorasi.
Yo’g’on ichakda doimiy ravishda 300 dan 500 gacha turdagi bakteriyalar
mavjud bo’ladi. Umumiy mikloflorani 90% asosan bifidobakteriyalar, qolgan 10%
ni ichak tayoqchasi, laktobakteriyalar, enterobakteriyalar, streptokokklar tashkil
etadi. Bifidobakteriyalar tomonidan sut kislota, sirka kislotasi, chumoli va yantar
(qahrabo) kislotalari, aminokislotalar, vitamin B1, B2, B12, B6, K; shuningdek
nikotin kislotasi, pantoten va foli kislotasi ishlab chiqariladi va ichaklarda so’riladi.
Bundan tashqari bakteriyalar gaz hosil qilishda ham qatnashadi (100 dan 500 ml
gacha 1 sutkada).
Do'stlaringiz bilan baham: |