Ishtaha yo’qolishi
Bemorlarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari ko'pincha ishtahaning
buzilishiga olib keladi. Ishtaha (lotin appetitio - kuchli istak, xohish) ovqatlanishdan
oldin va ovqat bilan bog'liq yoqimli tuyg'uga ataladi. Ishtahaning buzilishining
quyidagi turlari mavjud:
− Ishtahani pasayishi. Me’da sekretsiyasini kamayishi va oshqozonning
kislotaligini kamayishi tufayli vujudga keladi. Ishtaha butunlay
yo'qolishi anoreksiya deyiladi.
-
Ishtahani oshishi. Ko'pincha oshqozon yarasi, pankreatitda kuzatiladi.
Patologik Ishtahani oshishi Bulimiya deyiladi. Bulimiya organik miya kasalligining
namoyon bo'lishi mumkin.
-
Ishtahani buzilishi (pikatsizm)- kul, ko'mir, bo'r, ohak, kesaklarni
iste'mol qilishga hohishni vujudga kelishi. pikatsizm ovqat markazini funktsional
holati o'zgarishlari tufayli vujudga keladi. (masalan, homiladorlik, temir tanqisligi
anemiyasi). ishtahani buzilishi ayrim oziq-ovqat masalan go'sht va go'sht ovqatlarga
bo’lishi oshqozon saratonida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |