Jig’ildon qaynashi, zarda qilish (Lot. pyrosis.) - ko'krak yoki qorinning
epigastral sohasi atrofidagi kuydiruvchi harakterdagi og’riqqa, ko'pincha
qizilo'ngachga me’da xlorid kislotasini ko’tarilishi va qizilo'ngach silliq mushak
spazmı hisobiga vujudga keladi. Sabablari: reflyuks-ezofagit, oshqozon va o'n ikki
barmoqli ichak yarasi kasalligi, o't yo'llarining kasalliklari, diafragma churralarida
bo'lishi mumkin.
Jig’ildon qaynashini yo'qotish uchun bemorga shifokor tomonidan tavsiya
etilgan dori-darmon berilib, unga stakan sut, mineral yoki qaynatilgan suv beriladi,
uyqu vaqtida karavotning bosh tomoni ko'tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |