Ixtiyorsiz defekatsiya odatda defekatsiyani idora etuvchi nerv tizimi
zararlanganda turli kasalliklarda, bemor hushini yo’qotganda, (miyaga qon
quyilganda) yuzaga keladi. Najas tutaolmaslik mahalliy yallig’lanishda, to’g’ri
ichak sfinkterining kuchli travmalarida kuzatilishi ham mumkin. Najasini tuta
olmaydiga bemorlar alohida palataga yotqiziladi. Bunday bemorlarni ovqat ratsioni
yuqori kaloriyali va oson so’riluvchi bo’lishi kerak. Har ertalab bemorlarga
tozalowchi klizma qilinadi. Najas tuta olmaydigan bemorlar maxsus rezinali tuvakka
o’tirishi yoki maxsus jihozlangan krovatda yotishi zarur. Bunday bemorlar tanasi
tozaligiga alohida e’tibor berilishi zarur. Tez-tez bemor belyolari almashtirib turishi
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |