Ko`krak qafasi organlari rentgenoskopiyasi
Ko`krak qafasi organlari rentgenoskopiyasi-nafas organlari kasalliklari va
yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni tekshirish ahamiyatga
ega.
Nafas sistemasi tekshiruvi
Rentgenoskopiya va rentgenografiya- nafas sistemasini tekshirishda ko`p
qo`llaniladigan usullardir. Rentgenologik tekshiruv o`pka to`qimasini baholash,
unda zichlashish qismini aniqlash, plevra bo`shlig`ida suyuqlik yoki havo borligini
aniqlash imkonini beradi. Bemorni maxsus tayyorlash talab qilinmaydi. Tekshiruv
tikka turgan holda bajariladi, agar bemor ahvoli yomon bo`lsa yotgan holatda
bajariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |