Tibbiyot kasbiga kirish
Kichik chanoq bo`shlig`i UTTsi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
терапия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirishning rentgen usuli.
Kichik chanoq bo`shlig`i UTTsi. Bemorni tayyorlash bosqichlari.
Dietik tomondan tasyyorlash yuqoridagidek. Tekshiruvdan 2-3 soat oldin bemor 1-1.5 l qaynagan suv ichishi kerak. Siydik pufagini to`ldirish uchun vrach tomonidan turli preparatlar berlishi mumkin. Tekshirishning rentgen usuli. Rentgen tekshiruvi rentgen nurlarining organizm hujayralaridan turli darajada o`tishiga asoslangan. Yutish darajasi organning zichligi, kengligi va kimyoviy-fizik tarkibiga bog`liq. Shuning uchun zichligi yuqori a`zolar(suyak, yurak, jigar, yirik qon tomirlar) ekranda soya bo`lib ko`rinadi, ichida havo bo`lgan o`pka yorug` koy bo`lib ko`rinadi. Quyidagi rentgenologik tekshiruv usullari farqlanadi. Rentgenoskopiya (grek. Skopeo – ko`rish, kuzatish) – ayni vaqtdagi rentgenologik tekshiruv. Ekranda organning harakat funksiyasini o`rganish uchun dinamik rasm paydo bo`ladi. Rentgenografiya(grek. Grapho-yozish)-maxsus rentgent tasmadagi harakatlanmaydigan organning rentgenologik tekshiruvidir. Raqamli rentgenografiyada rasm kompyuter xotirasiga saqlanadi. 5ta rentgenografik usul qo`llaniladi. • To`liq formatli rentgenografiya • Flyurografiya (kam formatli rentgenografiya) – kichik o`lchamli rasmli rentgenografiya bo`lib, organning profilaktikasida qo`llaniladi. • Ko`rinishli rentgenografiya-to`liq formatdagi rentgenografiya • Maqsadli rentgenografiya-rasmning ma`lum qismini o`rganish • Vilgelm Konrad rentgeni(1845-1923) – nemis fizigi, 1895-yili X-nurlarni (rentgen nurlari) aniqlab, rentgenologiyaga asos solgan. Qismli rentgenografiya- o`ganilayotgan jarayonning dinamikasini o`rganish uchun bir necha rentgenogrammalarni olish Tomografiya (grek. Tomos-kesma, qavat)-qavatlarni k`orish metodi bo`lib, rentgenologik naychadan foydalangan holda qalinligini belgilab to`qima qavatlarini o`rganish hisoblanadi. Kontrast rentgenoskopiya (yoki rentgenografiya) – bo`shliq organlarga (bronxlar, meda, siydik yo`li) maxsus rentgen nurlarini tutuvchi modda yuborib, tekshiruv o`tkazish. Bunda ekranda organning aniq rasmi paydo no`ladi. Rentgenologik tekshiruv o`tkazishdan oldin shu sohadagi kiyimlarni yechish, leykoplastir, EKG elektrodlarini olish, soatlarni yechish, metall taqinchoqlarni olish kerak. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling