Siydikning bakterialogik tahlili
Bemor ertalab kaliy permanganat bilan tahorat qilib 10-15 ml siydikni olib
topshiradi.
Sutkalik siydik.
Ertalab soat 8:00 da unitazga siyib qolgan siydikni sutka davomida 3 litrli
bankaga yig`iladi. Agar glukoza yoki oqsilga tekshirilayotgan bo`lsa shu 3 litrli
siydikdan
100-150 mlni olib hamshira laboratoriyaga yuboradi.
Buyrak siydik yo`llari rentgen tahlili
Retrograf urografiya siydik katetori orqali yuborilib tekshiriladi. Bunga
bemorni tayyorlash shart emas. Bu tekshiruv usulida anomaliyalar, har hil yaralar,
o`smalar aniqlanadi. Rentgen orqali tekshirish uchun bemor 2 3 kun oldin parhez
qilishi lozim. Kaloriyali hamda qorinni dam qiluvchi taomlar iste’mol qilmasligi
kerak. Non, kartoshka, dukkakli ovqatlar, sut, sabzavot va mevalar iste’mol
qilmasligi shart. Tekshiruvdan 12-18 soat oldin suyuqlik ichish man etiladi. 2 soat
oldin tozalovchi klizma och qoringa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |