Hamshira bemorga siydik tahlilini tushuntirishi kerak. Siydik topshirishdan
avval bemor sovunlab tahorat olishi kerak. Siydikni tahlilga topshirishda bemor
ertalabki siydikning oldini unitazga tushurib keyingisini idishga 150-200 ml olishi
kerak. Analiz idishi sovunlab yuvilishi va yaxshilab quritilgan bo`lishi shart.
Analizlar 1 soatdan ortiq turmasligi va laboratoriyaga yuborilishi shart. Umumiy
siydik tahlili uchun 150-200 ml; Nechiporenko usulidagi tahlil uchun 5-10 ml;
Ambyurje usulidagi tahlil uchun 0.5 l; Kakovskiy Addis usulida tahlil uchun bemor
kechki 10 da unitazga siyib kechasi siydik ajratmasligi kerak, so`ng ertalab soat
8:00da 0.5-1 l siydik topshirishi kerak. Zimneyskiy usuli uchun ertalab 6 da unitazga
siyib so’ng har 3 soatlik siydikni alohida alohida qilib yig`iladi,har bir idish normasi
va vaqti ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: