Muolaja. Ayollarning qovug‘ini kateterlash
Ko’rsatmalar: siydik tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor
preparatlar kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga
muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma
(0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, siydikdon, sterillangan glitserin
(vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari
bukilgan. Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning I va II barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib,
siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish
kanalining tashqi teshigini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5—6
sm masofada ushlang, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari
bilan ushlab oling.
5. Kateterni extiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5—7 sm ichkariga
kiriting.
6. Kateterning tashqi uchini siydikdonga tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja
bajarilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni
yotqizib, ustini yoping.
9. Kateterni sterillang.
Do'stlaringiz bilan baham: |