Muolaja. O’ziga o’zi xizmat ko’rsatish cheklanganda,o’rinda bemorning
tagini yuvish (tashqi jinsiy a’zolarini parvarish qilish)
Ko’rsatmalar: gigienik muolaja.
Tayyorgarlik: bemorga ushbu muolajaning zarurligini tushuntiring, xatto
ruhiy qiyinchiliklarda ham.
Jihozlar: parda, suv uchun idish, tuvak salfetka, qo’lqop.
Bemorning holati: klyonkada chalqancha yotish, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari
bukilgan, tagiga tuvak qo’yiladi.
Bajarilishi (erkaklarda):
1. Qo’lqopni kiying.
2. Extiyotlik bilan bemorning jinsiy olatining boshchasini oching.
3. Salfetka yoki qo’lqopni iliq suv bilan ho’llab, siqing va jinsiy olatning
boshchasini arting.
4. Ko’zachadan chot sohasiga suv quyib, salfetka bilan orqa chiqaruv teshigi
yo’nalishi bo’yicha harakatlar qiling.
5. Jinsiy a’zo va moyak xaltachasining terisini artib, yaxshilab quriting.
6. Klyonka, tuvakni olib tashlang, qulqopni yeching, pardani oling.
Bajarilishi (ayollarda):
1. Qo’lqopni kiying.
2. Bemorning yon tomoniga turib, bir qo’lingizda ko’zada suv, ikkinchi
qo’lingizda salfetkali qisqich ushlab, suvni jinsiy a’zolarga quying; salfetka bilan
jinsiy a’zolar yo’nalishi bo’yicha orqa chiqaruv teshigi tomon harakatlantiring,
salfetkani har bir harakatdan so’ng almashtiring.
3. Quruq salfetka bilan shu yo’nalishda quriting.
4. Klyonka, tuvakni olib tashlang, qo’lqopni yeching, pardani olib tashlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |