Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalar
bukilgan.
Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning V, IV barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini oching,
I va II barmoqlar bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanali
atrofini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan artilgan kateterni yon teshikdan 5—6 sm masofada
qisqich bilan mahkam ushlab olib, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V
barmoqlari bilan ushlang.
5. Kateterni siydik chiqarish kanaliga extiyotlik bilan kiriting. Kateter
kiritilgan vaqtda to’siq va noxush his paydo bo’lsa, bemorga tinchlanishni va bo’sh
yotishni maslahat bering.
6. Siydik paydo bo’lgandan so’ng kateterning tashqi uchini lotokka tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja
o’tkazilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni
yotqizib, ustini yopib qo’ying.
9. Kateterni sterillang.
Do'stlaringiz bilan baham: