Til va nutq ekologiyasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana08.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1463493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Til va nutq ekologiyasi

Til birliklаri 
Nutq birliklаri 
fоnеmа 
fоn
mоrfеmа 
mоrf 
lеksеmа 
lеks 
kоnstruksiya 
(mоdеl) 
so’z shаkli; so’z birikmаsi; gаp; 
mikrоtеkst, makrоtеkst 
Bu birliklаr o’z nаvbаtidа ma’lum vаzifа vа funksiyagа egа, bir-biridаn 
аmаliy jihаtdаn fаrqlаnаdi. Bа’zаn esа bir-birini to’ldirаdi. 
Til vа nutq оrаsidаgi diаlеktik аlоqа vа munоsаbаt hаqidа аytilgаn fikrlаrni 
quyidаgichа umumlаshtirish mumkin. 
Til 
Nutq 
Umumiylik 
Xususiylik 


Imkоniyat 
Vоqеlik 
Tаyyorlik 
Hоsilаlik 
Mаjburiylik 
Iхtiyorilik 
Birliklаri chеgаrаlаngаn 
Birliklаri chеgаrаlаnmаgаn 
Til va nutq munosaqbatlarini umumiy tarzda quyidagicha izohlash 
mumkin. 
Til va nutq o’zaro aloqador hodisalar sifatida e’tirof etilgan. Til ijtimoiy, 
nutq xususiy hodisa. Tilning butun imkonioyatlari nutqda ifodalanadi. Til va 
nutqning o’ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. 
1. Til- munosabat asosi; nutq munosabat ifodasidir. 
2. Til jamiyatda shakllangan; nutq esa har bir shaxs faoliyatida namoyon 
bo’ladi. 
3. Tilning mavjudlik davri uzoq, ijtimoiy hayot bilan bog’liq; nutqning 
mavjudlik davri qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud. 
4. Bir shaxs ayni zamonda bir nechs tilga ega bo’la oladi; shaxsning nutqi 
esa faqat bitta bo’ladi, negaki nutq ma’lum vaqtda va ma’lum makonda 
yuz beradi. 
5. Tilning hajmi noaniq, chegaralanmagan; nutqning hajmmi aniq: u 
dialog, monolog, ayrim matn, kitob ifodalari bo’ladi. 
6. Til qat’iy, turg’un hodisa; nutq o’zgaruvchan harakatdagi hodisadir. 
Nutq jarayoni va so’zlash faoliyatini psixologik tilshunosllik o’rganadi. 
Psixologik tiilshunoslik ham boshqa sohalar qatorida nutqni tiil bilan uzviylikda 
talqin etadi. 
Til ma’lum miqdordagi nutq tovushlarining turli kombinatsiyasi bilan 
kishilar bir-birlariga bildiradigan so’zlar, grammatik vositalar va ulardan 
foydalanish qoidaliridan tashlik topgan, degan fikr XIX asrning birinchi 
yarmidayoq qiyosiy grammatikachilar tomonidan ilgari surildi. Hozir ham tilni 
shu xilda tasavvur qiladilar.
Ma’lumki, til o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan sistemadir. Til bir-
birining mavjudligini talab qiladigan, bir-biridan ajralmas holda ikki 
elementdan tashkil topgan. Bular: A. Leksika, yani lug’at sostavi. B. 
Grammatika. Ularning har biri nutq tovushlaridan iborat bo’lgan materiyaga 
ega. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling