Til va nutq ekologiyasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana08.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1463493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Til va nutq ekologiyasi

TIL VA TAFAKKUR 
 
Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Ularning aloqadorlik 
tamoni shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan bog’lanadi. Chunki 
tilshunoslikning o’rganish obyekti bo’lgan til tafakkur bilan munosabatdadir. Til 
kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va 
shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o’zaro dialektik munosabatda ekan, 
ularni o’rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o’rtasida ham ama shunday aloqalar 
mavjud. 


Mantiq – tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o’rganadi. U inson 
fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo’lishini taminlaydi. Shunday ekan, 
mantiq tilshunoslikning grammatika bo’limi bilan bevosita munosabatdadir. 
Chunki tushuncha so’z va so’z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali 
ifodalanadi. Har bir kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo’lsa, 
mantiqning shakl va qonunlarni o’zlashtirish ham shunchalik zarurdir. 
Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun umuniy 
bo’lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-tumandir. Shuning 
uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan o’z grammatikalariga ega. 
Bu shuni ko’rsatadiki, mantiq bilan grammatika bir-biri bilan bog’liq, 
ular bir-birlarini to’ldiradi.
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o’rganadigan 
obyektining tabiati asos qilib olinadi. 
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak 
avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, til-
ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan ijtimoiy 
xarakterga ega bo’lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida 
moddiylashadi. Uchunchidan Til va tafakkur o’zaro ajralmasdir. Til fikrni, 
shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur 
muayyan shaklni o’zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana shu jihatdan 
mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin bo’ladi. To’rtinchidan til 
uzliksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli 
organizmga o’xshaydi. Ana shu xususiyatlarini o’rganish jihatidan 
tilshunoslik biologiya fani bilan umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi. 
Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo’ladi. Demak, til 
va tafakkur chambarchas bog’liq bo’lib, tilsiz fikrni ifodalab bo’lmaganidek, 
tafakkursiz til o’z ifodasini shakllantira olmaydi. 
Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo’ladi. Ongingizda paydo 
bo’ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok 
yoki tasavvur ham faqat so’zlar vositasi orqali voqe bo’ladi. 
Til faqat kishilarga xos bo’lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo’lib, 
bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog’liqdir. 
Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o’xshash narsa deb 
tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks 
etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so’zlar va so’z birikmalari va 
jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng 
kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o’rganish obyekti hisoblansa, 
tafakkur mantiq ilmining o’rganish ob’yektidir.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning 
munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud , o’z
navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, 
tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan .
Til birliklari - fonema , morfema, so’z , gap bir butun holda , mantiqiy
tushunchalar (his-sezgi , idrok , tafakkur ) bilan uzviy bog’liqdir .



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling