Tilshunoslik
-§. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
14-§. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro
munosabati Tafakkur til bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u bilish jarayoni sifatida o‘zini yakka shaxsning nutq faoliyatida ko‘rsatuvchi real jarayonidir. Ijtimoiy ong sifatida esa u o‘zining mavjud bo‘lish shakliga muayyan tillarda ega bo‘ladi. Demak, til va tafakkurning ijtimoiy tabiati ichki tomondan bir xildir. Tilning vazifasini ikki tomonlama vazifaning birligisiz tassavur qilib bo‘lmaydi: til bir vaqtning o‘zida ham fikrlash va bilim natijasini nutq faoliyatida saqlash uchun vositadir, ham fikrlash jarayonining o‘zi uchun vositadir. Bu jarayon nutq shaklida seziladigan va akustik holatdir. Demak, til yordamisiz fikr shakllanmaydi, tafakkur amaliyoti sodir bo‘lmaydi. Nutqiy faoliyat yordamida fikr shakllanadi, tafakkur amaliyoti sodir bo‘ladi. Tafakkur voqelikning tushuncha, hukm va xulosada oliy shaklda makon va zamon bilan bog‘liq holda aks etishidir. U o‘zining barcha haqiqiy natijalari bilan kishi miyasidagi g‘oyaviy nusxasi va obrazidir. Tafakkurning asosiy masalasi uning chinligi masalasidir. Til esa voqelikning in’ikosi emas, balki fonema, morfema, leksema kabi birliklarning qonunlari asosida uyushgan murakkab tizimidir. Tafakkur voqelikni ma’naviy – g‘oyaviy holatda aks ettiradi, uning qonunlarini tanib biladi va kishining amaliy faoliyati tufayli moddiy dunyo haqida bilim hosil qiladi. Til tafakkurni moddiy shaklda yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida nutq tufayli amal qiladi. Bunday vaqtda til va tafakkur aks ta’sir qonuniga asoslanadi. Demak, til ham, tafakkur ham borliqdagi narsa va hodisalar bilan munosabatga bo‘ladi. Ammo tafakkur shu narsa va hodisalar bilan ularni g‘oyaviy tarzda in’ikos ettirish, til esa 60 nutq faoliyatida ularni tafakkur orqali moddiy tarzda ifodalash jihatidan munosabatda bo‘ladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling