Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Naturalizm vakili August Slayxer tilni quyidagicha ta’riflaydi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

Naturalizm vakili August Slayxer tilni quyidagicha ta’riflaydi: 
- Til fikrning tovush orqali ifodalanishidir. 
- Til talaffuz qilingan tovushlar yordami bilan fikr ifodalash. 
- Til tabiiy hodisadir. Shuning uchun ham u tug’iladi, ösadi, rivojlanadi, 
yuksaladi va öladi. 
Psixologizm vakillari G.Shtayntal, A.A.Potebnya, Vundt ta’riflashlaricha, 
- Til hudo yoki odam ruhining ifodasi, körinishidir. 
- Til sof psixik hodisadir. 
- Til doimiy faoliyat. U ayrim shaxs faoliyati bilan bog’liq. 
(A.A.Potebnya). 
Yosh grammatiklar fikricha: 
- Til individual, psixo-fizik yoki psixofiziologik faoliyatdir. 
TAFAKKUR - insonning fikrlash qobiliyati, fikr yuritish, muhokama qilish 
jarayoni. Ob’eyktiv borliqning, voqe'likning tasavvur, tushuncha va 
muhokamadagi in’ikos jarayoni. Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak 
formasi. 
Tafakkur jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm va 
tushunchalar shaklini oladi, söngra muhokama, xulosa, nazariya va boshqa 
shakllarda yuzaga chiqadi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida n amoyon böladi. 
Tafakkur bilish jarayonidir. Ma’lumki bilishning ikki bosqichi farqlanadi: 
1. Hissiy bilish
2. Mantiqiy bilish. 
Mantiqiy bilish yoki aqliy bilish - bilishning yuqori, murakkab bos-
qichidir. Aqliy bilishda narsa hodisalarning ichki, umumiy, qonuniyatli, 


21 
mohiyatli, zaruriy hususiyatlari bilib olinadi. Aqliy bilishda fikrlash, tafakkur, 
aql-farosat ishlatish zarur böladi. Aqliy bilish ilm-fan yölidir. 
Aqliy bilishning tushuncha, muhokama, mulohaza, xulosa, hukm, nazariya, 
ilmiy faraz, tarixiy-mantiqiylik kabi shakllari mavjud. 
Tushunchalar predmet, hodisalarning hamma hususiyat va belg ilarini 
emas, balki eng asosiy, muhim hususiyat va belgilarini, taraqqiyot qonun-
larini aks ettiradi. Tushunchalarda ob’yektiv olamning sezgi obrazi emas, 
balki fikriy obrazi aks etadi. 
Bilish jarayoni ilmiy maqsadlarga qaratilsa bunday bilish ilmiy bilish deb 
ataladi. Ilmiy bilishning tajriba, kuzatish, eksperiment, qiyoslash, taqqoslash, 
analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, tarixiylik va mantiqiylik kabi 
usullari mavjud. 
Til va tafakkur munosabatlari murakkab bölib, bu munosabat turli 
fanlar tamonidan örganiladi. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan 
hodisalardir. Tilsiz tafakkur bölmagani kabi, tafakkursiz til ham bölmaydi. 
Fikr tilda reallashadi. Tilsiz fikr mavjud emas. Tafakkurning moddiy qobug’i 
tildir. 
Biroq til va tafakkur bir xil hodisa emas. Til material hodisadir. Tafakkur 
esa ideal hodisadir. 
Til va tafakkur munosabatlari fan tarixida turlicha talqin qilingan. 
Masalan: N.Y.Marr til va tafakkur hodisalarini bir-biridan ajratib qöyadi. 
Garchi til va tafakkur bir xil hodisalar bölmasa ham, ularni bir-biridan 
ajratib bölmaydi. 
Til va tafakkur qonunlari tuzilish va rivojlanish jihatidan bir xil 
emas. Tilning qurilish qoidalari grammatika fani tomonidan örganiladi. Ta-
fakkur qonunlari va tushunchalari esa mantiq ilmida örganiladi. 
Til fikrning shakllanishida va ifodalanishida vosita, qurol bölib xizmat qi-
ladi. 
Har bir fanning kategoriyalari bölgani kabi grammatik va mantiq 
kategoriyalari mavjud. Ular bir-biriga mos kelishi yoki kelmasligi mumkin. 
Masalan: “Bino quruvchilar tomonidan qurildi”. Bu mantiq jihatdan hukm, 
grammatik jihatdan esa gap. “Bino”- mantiqiy ob’yekt, grammatik ega. 
“Quruvchilar”- sub’yekt, grammatik jihatdan töldiruvchi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling