Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

TOVUSH ELEMENTLARI 
Insoniyat o’z hayotida yozuvning bir necha turlaridan foydalangan. Ular 
quyidagilar: 
1. Piktografik yozuv. 
2. Ideografik (logografik) yozuv. 
3. Bo’g’inli (sillabik) yozuv. 
4. Undosh harflarga asoslangan yozuv. 
5. Tovushlarga asoslangan yozuv. 
P i k t o g r a f i k yozuv deganda jonli va jonsiz narsalarning suratini 
chizish tushuniladi. Bu yozuv birliklari piktogrammalardir. Piktogrammalar daraxt 
po’stlog’iga, suyaklarga, metalga, kiyimlarga, toshlarga bitilgan. Yozuvning bu turi 
mukammal bo’lmay suratlar orasidagi munosabatlarni ko’rsata olmaydi. Shuning 
uchun ham bir maktubni bir necha xil o’qish mumkin. Bu yozuv orqali mavjud t ushun-
chalarning barchasini aks ettirish imkoni yo’q. 


65 
Piktografik yozuv rivojlanib i d e o g r a f i k (logografik) yozuv paydo 
bo’ldi. Yozuvning bu turiga ko’ra tildagi har bir so’z o’z simvoliga ega. Agar pik-
togramma be’vosita predmetni aks ettirgan bo’lsa, logogramma so’z ma’nosini aks 
ettiruvchi shartli belgidir. Masalan: qadimgi Arablar “100 ming “ sonini it baliq ning 
shakli orqali ifodalaganlar. Xitoyliklar esa “yaxshi” so’zini ayol kishi bilan bola o rqali 
ko’rsatganlar. 
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagilar: 
1. Logografik yozuv fikrni mufassalroq aks ettira oladi. 
2. Piktografik yozuvda so’z tartibi, so’z shakllari noaniq bo’lsa, logografik 
yozuvda bu masalalar butunlay hal qilingan. 
3. Piktografik yozuv sub’yektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’ysa, logografik 
yozuv barqaror logogrammalardan tashkil topgan. 
4. Logografik yozuv so’zlarning tovush tamoni bilan bog’liq emas. Shu ning 
uchun ham ushbu yozuvdan bir necha tillarda foydalanish mumkin. 
Logografik (ideografik) yozuvning ko’p tarqalgan turlari quyidagilar:
- Qadimgi Misr yozuvi; 
- Mesopatamiya mixsimon yozuvi (mixxat); 
- Hozirgi zamon Xitoy yozuvi (ieroglifik yozuv). 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling