Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

O r f o g r a f i y a alifboning yozuvdagi qo’llanish qoidalari, so’zlarning 
yozilishi va bo’g’in ko’chirish masalalari bilan shug’ullanadi. Alifb olarning tuzilishi 
ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu qonuniyatlar tilshunoslik fanida alifbolarning 
tuzilish prinsiplari deb yuritiladi. Alifbolar quyidagi prinsiplar asosida tuziladi: 
- Fonetik prinsip. 
- Tarixiy (an’anaviy) prinsip. 
- Morfologik prinsip. 
- Simvolik prinsip. 
F o n e t i k prinsipga ko’ra talaffuzda qanday tovush eshitilsa, alifboda 
shunga mos keladigan xarf yoziladi. O’zbek tilidagi -ga , - ka, - qa  qo’shimchalari 
bunga misol bo’la oladi. 
T a r i x i y prinsip sözlarning avvalgi yozilishi o’zgarmay qolishini 
taqozo qiladi. Hozirgi ingliz va farang tili alifbolari ushbu prinsip asosida tuzilgan.
M o r f o l o g i k prinsipga ko’ra so’zlarning yozilishi grammatik nuqtai 
nazardan amalga oshiriladi. Bir morfema turli so’zlarda turlicha talaffuz qilinish idan 
qat’iy nazar bir hil yoziladi. Masalan: rus tilidagi ayrim so’zlarda yumshatish belgisi 
“Ь” undoshni yumshatish uchun emas, balki so’zning qaysi grammatik ro dga tegishli 
ekanligini ifodalash ucungina qo’llaniladi: мышь, фальш, ночь, тушь. 
Nemis tilidagi otlarning bosh xarf bilan yozilishi ham bunga misol bo’la oladi. 
S i m v o l i k prinsip yozuvda omonimlarni farqlash uchun qo’llaniladi. 
Masalan: rus tilida кампания-компания, поджëг- поджог, роза- Роза va boshqalar. 
Ingliz tilida “tun” va “suvoriy” so’zlari bir hil talaffuz qilinadi, yozuvda esa b i-
ri“night”, ikkinchisi “knight” tarzida yoziladi.
Nemis tilidagi “viel” va “fiel” so’zlari ham bir xil talaffuz qilinadi.
Jahonda quyidagi yozuv tizimlari asosida tuzilgan alifbolar keng tarqa lgan:
1. Lotin yozuvi. Undan dunyo axolisining 30 % foydalanadi. 
2. Fonetik arab yozuvi. 10 % 
3. Slavyan-krill yozuvi.
10 % 
4. Grafik xitoy yozuvi. 
25 % 


67 
5. Bo’g’inli xind yozuvi. 
20 % 
6. Yunon, yahudiy, efiopiya, gruzin, arman
va boshqa yozuvlardan dunyo axolisining 5 % foydalinadi. 
Misr, xitoy, 
shumer-vavilon, xett yozuvi qadimgi yunon yozuviga asoslangan bo’lib, ular xarf-
tovush yozuvining eng qadimgi turlaridandir. Ular qatoriga qadimgi uyg’ur va u rxun-
yenisey yozuvlari ham kiradi. 
O’rta Osiyo xalqlari qadimdan yozuv madaniyatiga ega bo’lganlar. Ular yo-
zuvning eng qadimgi shakillari“SO’G’D” va “HORAZMIY” turlaridan foydalangan-
lar. Ushbu yozuvlar “OROMIY” alifbosi asosida yuzaga kelgan. “So’g’d” yozuvin-
ing qayta ishlanishi natijasida qadimgi turk “urhun -yenisey” yoki “run“ yozuvi 
yaratilgan. 
Uyg’ur yozuvi be’vosita so’g’d yozuvining davomi hisoblanadi. 
VIII asrdan boshlab arab yozuvi O’rta Osiyo mahalliy xalqlarining yozuvini 
siqib chiqara boshlagan. Natijada arab alifbosidagi 28 ta xarfga yana 4 ta (p, ch, j, g) 
xarf kiritilib o’zbek tiliga moslab olingan. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling