Toshboyeva sh. K


Download 1.69 Mb.
bet30/34
Sana28.05.2020
Hajmi1.69 Mb.
#111103
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
FIZ-KIMYO


Ishning tafsiloti.

Kontakt va simlarning butunligiga ishonch hosil qilgan holda asbobni sxemada ko’rsatilgandek qilib yi/iladi.

So’ngra sirka kislotaning 1N eritmasini suyultirish yo’li bilan tayyorlangan 1/8N, 1/16N, 1/32N, 1/64N eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi.

Elektr o’tkazuvchanlikni aniqlashdan oldin idish va elektrodlarni dastlab distillangan suv, so’ngra elektr o’tkazuvchanligi aniqlanishi kerak bo’lgan eritmalar bilan yuviladi, shundan keyingina idish tegishli eritma bilan to’ldiriladi.



Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash vaqtida qarshiliklar magazinidan qarshilikni shunday tanlash kerakki, bunda kontakt tajriba boshida reoxordning o’rtasida joylashadigan bo’lishi kerak.

Amalda ish quyidagicha bajariladi. Qurilma yig`ilgandan so’ng kalit ulanadi va galvanometr strelkasining o/ishiga e’tibor beriladi. So’ngra kontaktni reoxordda siljitish orqali galvonometr strelkasi 0 ga kelishiga erishiladi va reoxord shkalasi orqali elkalar nisbati aniqlanadi. Shundan so’ng kalitni ajratib zanjir tokdan uziladi.

Tekshirilayotgan eritmaning qarshiligi Rx quyidagi formula orqali hisoblab topiladi:



(om)

Bu erda R – qarshiliklar magazinidan olinadigan qarshilik; areoxordning AV elkasi uzunligi; b – VS elkasi uzunligi.



Tekshirilayotgan eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi

(om-1.sm-1)

Bu erda C- idish doimiysi

1/8 N eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi aniqlanganidan so’ng uni idishdan to’kib tashlanadi, idishni distillangan suv bilan chayib tashlanadi va navbatdagi eritma bilan to’l/azilib, uning elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi. Har bir eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga kirishishdan oldin idishni eritmasi bilan birga 10 minut davomida termostatga joylab eritmaning temperaturasi termostat temperaturasiga tenglashtirilishi kerak.

Hisoblashlar.

Sirka kislotaning hamma eritmalari uchun tajribada olingan natijalar asosida ularning solishtirma va ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklari hisoblab topiladi. Hisoblashlar verguldan keyingi 4 chi belgigacha aniqlikda olib borilishi kerak.



va larning hisoblab topilgan qiymatlari grafikga qo’yiladi. Buning uchun abstsissalar o’qiga suyultirish V, ordinatalar o’qiga esa va ning tegishli qiymatlari qo’yiladi.
Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling