TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERISITETI
BUYRUQ
“____” ________ 2022 yil №_____-sonli Toshkent shahri
Professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
|
|
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-son buyrug‘iga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3076) muvofiq, shuningdek professor-o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Toshkent amaliy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent amaliy fanlar universitetining “TAFU professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |