Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
- 4- bob. AYLANMA MABLAG‘LARNING AYLANISHI, MAHSULOTLAR TANNARXI VA KORXONALARNING MOLIYAVIY HOLATI
Tayanch iboralar
Moliyaviy mustahkamlik – korxonalarning moddiy aylanma mablag‘lar tegishli manbalar bilan qoplanish darajasi. Moliyaviy barqarorlik – korxonalar faoliyatini pasaytirmasdan bir darajada ushlab turishi yoki rivojlantirish. 53 Moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni qoplash manbalari –o‘zlik manbalar, uzoq va joriy majburiyatlar. Buxgalteriya balansini qaytarib berishga qodirlik darajasi. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1. Korxonaning moliyaviy mustahkamligi deb nimani tushunasiz? 2. Moliyaviy mustahkamlik bilan moliyaviy barqarorlik o‘rtasida qanday farq bor? 3. Moliyaviy mustahkamlikka qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 4. Moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilish uchun iqtisodiy adabiyotlarda qanday adabiyotlar tavsiya etilgan? 5. Moliyaviy mustahkamlik darajasi qanday aniqlanadi? 6. Moliyaviy mustahkamlik qaysi shakllarda ifodalanadi? 6. Moliyaviy mustahkamlik shakllari qaysi moliyaviy vaziyatlarda ifodalanadi? 7. Moliyaviy mustahkamlik shakllari qaysi moliyaviy vaziyatlarda ifodalanadi. 8. Buxgalteriya balansini likvidligi deb nimani tushunasiz? 9. Buxgalteriya balansi likvidligi ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va ular qanday aniqlanadi. 54 4- bob. AYLANMA MABLAG‘LARNING AYLANISHI, MAHSULOTLAR TANNARXI VA KORXONALARNING MOLIYAVIY HOLATI 4.1. Aylanma mablag‘larning aylanishi va korxonalarning moliyaviy holati Ma’lumki, korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun ular kerakli miqdorda ishlab chiqarishning asosiy va aylanma fondlari, mehnat va boshqa resurslari bilan ta’minlanishi lozim. Ishlab chiqarishning asosiy fondlari o‘z tarkibiga bino, inshoot, uskuna, xo‘jalik jihozlarini olib, ular ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini tashkil etadi va uzoq vaqt, ko‘plab ishlab chiqarish sikllarida xizmat qiladi. Ularning qiymati amortizatsiya hisoblash orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tannarxiga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish aylanma fondlari o‘z tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralarini, pul mablag‘larini olib, ular ishlab chiqarishning bir siklida foydalaniladi va qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. Ishlab chiqarishda ham asosiy, ham aylanma mablag‘larni borligi, holati, ulardan foydalanish darajasi korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, asosiy vositalardan samarali foydalanilsa, mehnat unumdorligi ortadi, tannarx kamayadi, foyda ko‘payadi, rentabellik darajasi ko‘tariladi. Aylanma mablag‘laridan samarali foydalanilsa, mahsulot tannarxi kamayadi, foyda ko‘payadi, rentabellik darajasi ko‘tariladi. Lekin korxonalarni moliyaviy holati tahlil qilinganda, faqat bir muammo — aylanma mablag‘lar aylanishi bilan korxonalarning moliyaviy holati o‘rtasidagi aloqa tahlil etiladi, chunki aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxonalar moliyaviy holatiga bevosita va miqdoran ta’sir ko‘rsatadi. Undan tashqari amaliyot shuni ko‘rsatadiki, aylanma mablag‘larning aylanishi susaygan vaziyatda ham korxona moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi mumkin va aksincha, aylanma mablag‘larni aylanishi tezlashgan bo‘lsa, korxona moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari yomonlashgan bo‘lishi mumkin. Demak, aylanma mablag‘larning aylanishi o‘zgarishiga qandaydir katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim shart-sharoitlar, omillar ta’sir ko‘rsatar ekan va bu vaziyatni moliyaviy tahlil paytida ko‘ramiz. Aylanma mablag‘larning aylanishi tezlatilsa, uning bir qismi tejaladi, qo‘shimcha foyda barpo bo‘ladi, undan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Aksincha, aylanma mablag‘larning aylanishi sekinlashtirilsa, korxonaga aylanma mablag‘lar yetmay qoladi va korxonada faoliyatni davom ettirish uchun tashqi manbalardan (bank krediti va hokazo) foydalanib, korxona aylanma mablag‘lari to‘ldirilishi kerak. Shu sababli korxonalar aylanma mablag‘larining aylanishini o‘zgarishi va uni korxonalarning moliyaviy holatiga ta’siri tahlil etiladi. Bu tahlil ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi: 1. Umuman aylanma mablag‘lari bo‘yicha. 2. Aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha. Umuman aylanma mablag‘lar bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil etiladi: 1. Aylanma mablag‘larni aylanish miqdori. 2. Aylanma mablag‘lar bir marta aylanishi uchun o‘rtacha sarf qilingan kalendar 55 kunlar. 3. Aylanma mablag‘larning birkitish ko‘rsatkichi. 4. Aylanma mablag‘larni tejalgan yoki to‘ldirilgan summasi. Aylanma mablag‘larning o‘rtacha 70 foizi ishlab chiqarishda, 30 foizi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish jarayonida foydalaniladi. Demak, aylanma mablag‘larni aylanishiga ishlab chiqarish siklining muhlati va mahsulotni sotish uchun sarf qilingan vaqt ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning aylanish miqdori sotilgan mahsulotlardan olingan tushumni aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymatiga bo‘lish bilan aniqlanadi. Lekin tushumdan qo‘shilgan qiymatga solingan soliq bilan to‘langan aktsiz solig‘i olib tashlanadi, ya’ni: Sotilgan mahsulotlardan olingan tushum (qo‘shilgan qiymatga solingan va aksiz soliqlarsiz Joriy aktivlarning o‘rtacha qiymati Sotilgan mahsulotlardan olingan tushum «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»dan olinadi, aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymati buxgalteriya ma’lumotlariga asoslanib hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. Aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi buxgalteriya ma’lumotlari ikki shaklda bo‘lishi mumkin: intervalli qatorlar va momentli (lahza) qatorlar. Intervalli qatorlar — aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq davrlarda beriladi. Masalan, aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymati oylar bo‘yicha beriladi: yanvar — 500 m.s, fevral — 550 m.s, mart — 540 m.s. Shunday ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, aylanma mablag‘larning chorakdagi o‘rtacha qiymati oddiy o‘rtacha arifmetik yo‘l bilan aniqlanadi, ya’ni: (500 + 550 + 540)/3=1590/3=530 m.s. Momentli (lahzalik) qatorlarda aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu aniq davrlarning boshlanishiga keltirilishi mumkin. Masalan, 1 yanvarga — 500 m.s, 1 fevralga — 550 m.s, 1 martga — 560 m.s. va 1 aprelga — 580 m.s. Shunday ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, aylanma mablag‘larning birinchi chorakdagi o‘rtacha qiymati xronologik yo‘l bilan aniqlanadi, ya’ni: 550 3 1650 1 4 2 580 560 550 2 500 m.s. Korxonalar faoliyatida mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotishga sarf qilingan vaqt o‘zgarib turishi bilan aylanma mablag‘larni har bir aylanishiga turlicha vaqt sarf qilinishi mumkin. Aylanma mablag‘larning umuman aylanish yo‘nalishini ifodalash uchun yuqorida ko‘rsatilgan ikkinchi ko‘rsatkich aniqlanadi, ya’ni aylanma mablag‘larni bir marta aylanishi uchun sarf qilingan o‘rtacha vaqt. Buning uchun tahlil qilinayotgan kalendar kunlarni soni birinchi ko‘rsatkichga, ya’ni aylanma mablag‘larni aylanish miqdoriga bo‘linadi, ya’ni: miqdori aylanish ng aktivlarni Joriy soni kunlar kalendar an qilinayotg Tahlil Oxirgi paytda aylanma mablag‘larni aylanishini tahlil qilishda yangi ko‘rsatkichdan foydalanilayapdi. Bu aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi. Aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi yuqorida ko‘rilgan birinchi ko‘rsatkichni 56 — aylanma mablag‘lar aylanish miqdorining aksi bo‘lib, bu ko‘rsatkich aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymatini sotilgan mahsulotlardan olingan tushumga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni: Aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi sotilgan mahsulotlarning har bir so‘miga nisbatan sarf qilingan aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma mablag‘larning aylanishi tezlashtirilsa bu sarf kamayadi, aylanma mablag‘larni aylanishi susaytirilsa, bu sarf oshib boradi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larning aylanishini ifodalab, korxonalar moliyaviy holatiga ushbu aylanishning o‘zgarishi ta’sirini hali ko‘rsatmaydi, bu ko‘rsatkichlar kerakli, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular yordamida eng asosiy to‘rtinchi ko‘rsatkich aniqlanadi - ya’ni aylanma mablag‘larni tejalgan yoki to‘ldirilgan summasi. Bu ko‘rsatkich aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish natijasida aylanma mablag‘larni tejalish summasini yoki aylanma mablag‘larni- aylanishini susaytirish natijasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish summasini ifodalaydi. Ko‘rsatkich korxona buxgalteriyasida mavjud aylanma mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qarab ikki yo‘l bilan aniqlanadi. Agar korxonada yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan ikkinchisi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa, ya’ni, aylanma mablag‘larni bir marta aylanishi uchun sarf qilgan o‘rtacha kalendar kunlar ko‘rsatkichi bo‘lsa quyidagi yo‘l bilan hisoblanadi: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling